Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.
Yangi dasturga muvofiq:
– informatika fani 1-sinfdan boshlab o‘qitiladi;
- yuqori sinflardagi fanlar soni 16 tadan 11 taga qisqaradi;
– amaliy mashg‘ulotlar ulushi 40 foizdan 60 foizgacha oshiriladi;
– ishga kirayotgan o‘qituvchi bir yil davomida stajyor o‘qituvchi sifatida ishlashi va shu muddatda sertifikat olishi kerak bo‘ladi;
- malaka attestatini olgan o‘qituvchilar ish haqining 70 foizigacha nafaqa olishlari mumkin;
— maktab direktorlari lavozimlarga tanlov asosida tayinlanadi;
- bolalar bog‘chalarining malakali tarbiyachilarining ish haqi maktab o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtiriladi;
— xususiy maktablar tashkil etish talablari yumshatiladi;
– ta’lim vazirligining boshqarmalarining vakolatlariga maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash kiritilmaydi.