-ing clauses (bog'lovchilar)

Primary tabs

 Ingliz tilida bir necha gaplar qatnashgan qoʻshma gaplarda gapning hokim (asosiy) va ergash (ikkinchi darajali) qismlarini ajratib koʻrsatish uchun clause atamasi qoʻllaniladi.

 

 Hokim gap - main clause, ergash gap - subordinate clause deb ataladi. Ergash gaplar hokim gapsiz hech qanday ma'no anglatmaydi, lekin hokim gap bilan qoʻllanilganda hokim gapda ifodalangan ish-harakatning mazmunini toʻldirib, sababini, paytini, tarzini bildirib keladi. Biz oʻrganmoqchi boʻlgan mazkur mavzuda fe’lning -ing shakli orqali ifodalangan ergash gapning (ing clause) oʻziga xosliklari koʻrib chiqiladi. O’zbek tiliga ravishdosh deb tarjima qilsak to’g’ri bo’ladi.

 

 -ing clause gapni ixchamlashtirish, ega bir shaxs boʻlganida uni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi. Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz:

Feeling tired, I went to bed early. (Charchab, men erta uxlashga yotdim.)

Bu misolda Feeling tired - -ing clause, I went to bed early - main clause hisoblanadi. Bu gapda -ing clause hokim gapda ifodalangan ish-harakatning sababini bildirib kelmoqda.

 

 -ing clause hokim gap va -ing clauseda ish-harakat bajaruvchisi bitta shaxs boʻlgan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:

 agar ikkita ish harakat bir vaqtda davom etib turgan boʻlsa:

-She was sitting in an armchair reading a book. (U kresloda kitob oqib oʻtirgan edi.)

 

 oʻtgan zamonda bir ish-harakat davom etib turganida boshqa ish-harakat sodir  boʻib oʻtsa,  davomiy ish harakat uchun -ing clause qoʻllaniladi.

-Jim hurt his arm playing tennis. (Jim tennis oʻynayotib qoʻlini jarohatladi.)

 

 when/while bog'lovchilari bilan ham qulaylik uchun -ing clause qoʻllanilishi mumkin.

-Be careful when/while crossing the street. (Koʻchadan oʻtayotganda ehtiyot boʻl.)

 

 Agar ikkita ish-harakatdan birinchisi tugallanib, keyin ikkinchisi sodir boʻlganini  bildirmoqchi boʻlsak gap boshida  having + V3 (ed) bilan boshlanadigan -ing clause qoʻllanishimiz lozim.

-Having finished our work, we went home. (Ishimizni tugatib, biz uyga ketdik.)

-Having found a hotel, we looked for somewhere to have dinner. (Mehmonxona topib, biz kechki ovqat uchun biror joy qidirdik.)

 

Yuqoridagi qurilma majhul nisbatda having been+V3(ed) shaklida qoʻllaniladi.

-Having been warned about the bandits, he left his valuables at home. (Qaroqchilardan ogohlantirilgandan keyin u qimmatli buyumlarini uyda qoldirdi.)

-Having been bitten twice, the postman refused to deliver our letters unless we chained our dog up.

 

 Agar ikkita ketma-ket ish-harakat orasida juda qisqa oraliq boʻlsa, birinchi ish-harakat uchun oddiy -ing clause qoʻllashimiz kerak.

-Taking a key out of his pocket, he opened the door. (Choʻntagidan kalitni olib, u eshikni ochdi.)

 

Boshqa holatlarda gap boshida kelgan -ing clause hokim gapdagi ish-harakatning sababini bildirib  keladi.

-Being unemployed, he is often short of money. (Ishsiz boʻlgani tufayli u tez-tez puldan qiynalib qoladi...sabab)

-Not knowing what to do, she resigned to shoplifting. (Nima qilishni bilmasdan u doʻkonlardan narsalarni oʻg'irlay boshladi...sabab)

-Feeling tired, I went to bed early. (Charchaganimdan men uxlashga erta yotdim...sabab)