Finlyandiya ta’lim tizimi nega barchaning e’tiborida?

Primary tabs

Ko‘pchilik Finlyandiya ta’lim tizimini maqtaydi, deyarli hamma bu mamlakat ta’limini og‘zidan bol tomib gapiradi. Ho‘sh, bu mamlakat aynan nimasi bilan ta’limda yetakchi o‘rinda?

 

Finlyandiyaning yetakchi o‘ringa chiqib ketishi, nafaqat xalqaro pedagoglar jamiyati hamda jahon ommaviy axborot vositalarini ham hayron qoldirgan.

 

O‘qituvchilarining oyligi qachon oshadi?

Finlyandiyada 1970 yilda paydo bo‘lgan 9 yillik maktablar 2001 yilgacha jamoatchilikning ayovsiz tanqidiga duchor bo‘lgan. Ammo, 2001 yil dekabridan so‘ng ta’limlagi bu islohotlar to‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ldi.

 

Mutaxasislar fikricha, fin bolalarining boshqa mamlakatlardagi aksar tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq o‘qishlari uchun asosiy 5 ta omil mavjud. Ulardan 4 tasi bevosita maktab va uning javobgarlik chegarasi bilan bog‘liq bo‘lib, beshinchisi maktab hovlisidan tashqaridadir.

 

Birinchidan, Finlyandiyada o‘quvchi 7 yoshdan boshlab qiziqishiga qarab maxsus fanlarga  yo‘naltirilgan o‘rta maktabda tahsil oladi. Shuningdek, finlarda maktablar qayerda joylashganligi, kimni o‘qitayotganidan qat’iy nazar, ularning bari yaxshi ta’lim olishi kerak degan amaliyot mavjud.

 

Ikkinchidan, u mamlakat ta’lim tizimiga malakali o‘qituvchilar kerakligini erta anglab yetdi. Ular 1980 yildayoq o‘qituvchilar yetishtirib beradigan oliygohlarda tubdan islohot o‘tkazdilar. Ular o‘qituvchilar nufuzini ko‘tarishni eng asosiy masala sifatida ko‘rishdi.

 

Tarix yoki boshqa fan o'qituvchisi IELTS olsa ustama oladimi?

Uchinchidan, barcha maktablarda bolalarning sog‘ligi va farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan mexanizimni ishga tushirdilar. Buning uchun fin maktablarining ixtiyoriga yirik miqdorda mablag‘ va shtat birliklari berildi.

 

To‘rtinchidan, finlar ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘inida ishlovchi rahbarlar ham pedagoglar bo‘lishi kerak deb hisoblashdi. Ya’ni, direktor o‘zi ishlayotgan maktabda dars berish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim edi.

 

Maktab haqida qiziqarli faktlar

Beshinchidan, finlar o‘quv jarayonining o‘ziga hosligiga o‘quvchining maktabdan tashqaridagi hayoti ham kuchli ta’sir etishini unutishmadi.

 

© Timoti Uokerning «Finlyandiya ta’lim mo‘jizasi» kitobidan

 

Manba