Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov

Primary tabs

Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2023-yilda agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.

 

Tarix yoki boshqa fan o'qituvchisi IELTS olsa ustama oladimi?

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2-bosqichda hududlarda nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va kurs yakunida yakuniy nazorat o‘tkazilib, uning natijalari asosida talabgorlarga sertifikat beriladi.

 

Maktab haqida qiziqarli faktlar

3-bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy bo‘limlarida sertifikatga ega nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

! Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

 

Buning uchun talabgorlar 2023-yil 23-yanvardan 23-fevralga qadar my.dtm.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

 

!Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.