Nobel mukofoti sovrindori Abdus Salamning qiziqarli hikoyasi
Pokistondagi olis bir qishloqda tug‘ilib o‘sgan Abdus o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib, nufuzli stipendiya yutib oladi. Keyin esa Angliyaning Kembrij universitetining fizika va matematika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.
1951 yilda 25 yoshli Abdus fizikadan bir qancha qiyin masalalarni yechish orqali Kembrijda yulduzga aylanadi va unda karyerasini xorijda davom ettirish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ladi. Ammo Abdus Salam buning o‘rniga, vatani - Pokistonga qaytib, mahalliy Panjob universitetida jahon darajasi xos, yetuk fizika fakultetini yaratishga qaror qiladi.
Bir dona poyafzal - ibratli hikoya
Keyin buyog‘iga qiziq voqealar boshlanadi. Universitet rektori (yo hasad qilibmi yoki ahmoqligidanmi) Abdus Salamni fizika fakultetida dekan qilish o‘rniga universitet futbol jamoasiga murabbiy qilib tayinlaydi. "Yaratib berilayotgan bunday istiqbol"dan tushkunlikka tushgan va hafsalasi pir bo‘lgan Abdus Salam Buyuk Britaniyaga qaytadi va u yerda fizik olimga darhol fakultet dekanligini taklif qilishadi.
Natijada, u sohaga doir bir qator ajoyib ilmiy kashfiyotlar qiladi, fizika bo‘yicha Nobel mukofotini oladi va yiliga minglab ingliz olimlarini yetishtiradigan dunyodagi eng yirik ilmiy markazga asos soladi. Aslida Abdus Salam bunday markazni Pokistonda qurmoqchi edi. Lekin u ona yurtida shunchaki futbol murabbiyi etib tayinlangandi.
Sharq va G'arb ta'limidagi farqlar
Xulosa qiladigan bo‘lsak: Singapur sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu aytganidek - Iste’dodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir. Biz bilim olishimiz va bilimga asoslangan dunyoning bir qismiga aylanishimiz kerak.