Ta’lim sifati monitoringi qay tartibda o‘tkaziladi?

Primary tabs

Maktablarda ikkinchi chorak bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi qay tartibda o‘tkaziladi?

Xabaringiz bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 11 oktabrdagi 313-sonli buyrug‘i bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab maktablarda ta’lim sifatini baholash tashqi monitoringining yangi tizimi joriy qilindi

Shu sababli endi Milliy o‘quv dasturi asosida har chorakda belgilangan rejaga muvofiq sinflarda monitoring jarayonlari o‘tkazib boriladi.

!Xo‘sh, ikkinchi chorak bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi qay tartibda o‘tkaziladi? 

Ustama qanday tanlov, musobaqa va tadbirlarda olinadi?

 

O‘quv yilining ikkinchi choragi yakuni bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi jarayoniga 5-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari jalb qilinadi. Bunda har bir hududda:

-5-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 30 talik: 1-blok (ona tili adabiyot, matematika, xorijiy til), 2-blok (ona tili adabiyot, botanika, rus tili), 3-blok (matematika, geografiya, xorijiy til), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 10 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.

 

-10-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik: 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til ), 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili), 3-blok (fizika, geografiya, ona tili), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.

-11-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik: 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til ), 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili), 3-blok (fizika, geografiya, ona tili), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.

 

O'zbekistonda eng ko'p maosh oladigan kasblar

rich teacher

Test sinovi bajarish uchun 5-sinflarda monitoring o‘tkaziladigan fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 60 daqiqa), 10-11-sinflarda fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 90 daqiqa) vaqt beriladi.

Barcha blok fanlarini qamrab olish maqsadida sinf o‘quvchilari soniga qarab guruhlar shakllantiriladi.