Food va meal o'rtasida farq

Primary tabs

Ingliz tilini o'rganayotganlarning orasida food va meal so’zlari aynan qaysi vaqtda ishlatilishi va ularning o’rtasida qanday farq borligi haqida savollar bo’lib turadi. Ikki sozning ma’nosi bir xil -yemak, ovqatdir.

Mazkur sozlarning bir-biridan asosiy farqi bu food sozini biz oziq-ovqat dokonlaridan sotib olayotgan yegulik deb hisoblasak, meal biz sotib olib undan tayyorlagan taomimizdir.

Misollarni ko’rib chiqamiz:
Food is necessary for every living thing. – Barcha tirik jonivorlar uchun yemak zarurdi.
Doctors recommend at least five meals a day. – Shifokorlar bir kunda ko’pi bilan 5 mahal ovqatlanishni maslahat beradilar.

My favourite food is ice-cream, but my favourite meal is breakfast. – Sevimli yemagim bu muzqaymoqdir, lekin sevimli ovqatim bu nonushtadir.

Biroq, food va meal so’zlari ma’no jihatidan ayrim hollarda bir-biriga juda o’xshash bo’ladilar. Masalan:

They serve nice food (meals) there. – U yerda ajoyib ovqatlar bor (ajoyib taom).
We’ve ordered some 
food (a meal) from that restaurant. – Bu u restorandan ozgina ovqat buyurtma berdik.
This was the healthiest 
food (meal) I’ve ever had. – Bu men qachondir yegan eng sog’lom ovqat.

Yana shuni aytish lozimki, meal(s) sanaladigan otlarga kirsa, food sanalmaydigan otlarga kiradi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, food va meal ko’pgina foydali iboralarda ishlatiladi:

food for thought – fikrlash uchun oziq-ovqat
junk food – nosog’lom ovqat
light meal - tamaddi
to get along without food – ovqatsiz kun kechirish
food poisoning – ovqatdan zaharlanish
appetite comes during a meal – ishtaxa ovqat vaqtida keladi

 

Mazkur ma'lumotni tayyorlashda www.homeenglish.ru ma'lumotlaridan foydalanildi.