Talaba haftasiga qancha soat darsdan tashqari shug‘ullanishi kerak?
G‘arbning yetuk universitetlaridagi konsensus fikr shundan iboratki, o‘quv darsining har bir soati uchun talaba o‘rtacha 2 soat tayyorgarlik kor‘ishi kerak (“preparing for class”). Ya’ni, 1 para uchun talaba taxminan 3 soat qo‘shimcha vaqt sarflashi kerak.
Agar fan haftasiga 2 para o‘tilsa, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘rtacha 6 soat sarflash nazarda tutilgan.
Darsga tayyorgarlik deganda uy vazifasini bajarish, kitob o‘qish, konspektlarni kor‘ib chiqish, yozish, laboratoriya ishlarini bajarish, ma‘lumotlarni tahlil qilish, o‘rganilgan materiallarni takrorlash va boshqa akademik faoliyat turlari kiradi.
G‘arb ekspertlarining ta’kidlashicha, eng kuchli, eng istiqbolli talabalar haftasiga o‘rtacha 50-60 (kuniga 7-8) soat o‘qishar ekan.