5-sentabr soat 10:00 dan boshlab ichki perevod natijalari chiqa boshlaydi

Primary tabs

Bundan talabalar transfer.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlaridagi "ARIZA TARIXI" bo'limidan ariza holatini tekshirishlari mumkin.

Oliygohlar esa 6-sentabr kuni soat 16:00 dan boshlab o'z rasmiy sahifalarida ro'yxatni e'lon qilishadi. Shundan keyin talabalar 7-sentabrdan boshlab o'qishini ko'chirgan oliygohga borishlari mumkin bo'ladi.

 

Ham abituriyent ham perevodchi sifatida talaba bo'lganlar diqqatiga!

Ko'pchilik shu ikki imkoniyatdan foydalanib ikkalasida ham imtihonlardan muvaffaqqiyatli o'tibdi. Bizga kelayotgan murojaatlardan sezilib turibdi. Endi bu talabalar xoxlasa 2-kursdan O'zbekiston talabasi bo'lib o'qishini davom ettirsin, xoxlasa yangi 1-kurs sifatida talabalik gashtini tursin.

Endi bularda ikki yo'ldan birini tanlash huquqi bor, ikkalasini ham teng olib ketish imkoniyati yo'q

 

- Abituruyent sifatida imtihondan o'tgan yo'lini tanlasa, xorijdagi o'qishidan chetlashtirilishini so'rab ariza yozsin. Diplom (yoki attestat) va ilovasining asl nusxasini olib kelishi shart.

 

 

- O'qishni ko'chirgan talaba sifatida tahsilni davom ettirmoqchi bo'lsa, abituriyent sifatida o'qishga kirgan oliygohiga boradi va o'qimasligi haqida ariza bilan OTM ma'muriyatiga murojaat qiladi. Uning o'rniga pastdagi kirolmay qolgan talaba bir pog'ona yuqoriga ko'tarilishi hisobiga oddiy kontrakt asosida tahsil olish imkoniga ega bo'ladi. Shu sababli 6-sentabrdan oliygohga borib ariza yozib keling.

 

Manba: https://t.me/Talimgaoid_perevod