magistr.edu.uz portalidan ro'yxatdan o'tishda ko'p beriladigan savollarga javoblar.

Primary tabs

1.Savol: Magistr.edu.uz tizimidan ro’yxatdan o’tish bo’yicha yo’riqnoma mavjudmi?

Javob: Ro’yxatdan o’tish bo’yicha batafsil yo’riqnoma bilan ushbu havolaga o’tish orqali tanishishingiz mumkin. 

 

2.Savol: Roʻyxatdan oʻtish davomida telefonimga sms kelmayabdi.

Javob: Roʻyxatdan oʻtish uchun hisob raqamingizda kamida 40 soʻm miqdorida mablagʻ boʻlishi lozim. Tizimda sms xabar xizmati mavjud boʻlib, ushbu xizmatdan foydalanganlik uchun har bir sms xabariga 40 soʻm miqdorida toʻlov, aloqa operatorlari tomonidan undiriladi.

 

3.Savol: Tizimga kirish uchun parolni unutib qo’ydim. Qanday qilib parolni qayta tiklashim mumkin? 

Javob: Parolni qayta tiklash uchun, kirish menyusiga o’tasiz hamda “Parolni unutdingizmi” havolasi ustiga bosasiz hamda telefon raqamingizni qaytadan yuborasiz. Sizga tizimga kirish uchun yangi parol sms shaklida yuboriladi.

 

4.Savol: JSH SHIR nima? magistr.edu.uz portali orqali magistraturaga  hujjat topshirish jarayonida pasport ma'lumotlari so'ralmoqda. 

Javob: JSHSHIR bu - Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami hisoblanadi. Rasmga qarang

 

5.Savol: Tizimga kirish uchun login va parolni qayerdan olaman?

Javob: Tizim orqali roʻyxatdan oʻtish tugmasi yordamida, login sifatida telefon raqamingizni yozasiz va siz uchun eslashga qulay boʻlgan parolni ikki marotaba kiritasiz. Sizga sms xabarnoma orqali kod keladi. Mana shu kod bilan login va parolingiz aktivlashtirasiz.

 

6.Savol: Diplom ilovamni tizimga yuklash imkoniyati boʻlmayabdi.

Javob: Diplom ilovani pdf formatda 10 mb dan kichik hajmda yuklash lozim. Rasm (jpeg, jpg)ni pdf formatga oʻtkazish boʻyicha video yoʻriqnomaga qarang.

 

7.Savol: Test sinovlari topshirish hududi deganda nimani tushunish kerak?

Javob: Test sinovlari topshirish hududi deganda, Davlat test markazi tomonidan olinadigan chet tili test sinovlari boʻlib oʻtadigan hudud nazarda tutilgan. Bunda Siz oʻzingizga qulay boʻlgan test topshirish hududini tanlash imkoniyatiga egasiz. Mutaxassislik fanidan imtihonlar esa, siz tanlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan joylarda tashkil etiladi.

 

8. Savol: Ro'yxatdan to'liq o'tib "Ariza yuborish" tugmasini bosdim. Mening arizam qachon ko'rib chiqiladi. 

Javob: Arizalar 15 iyuldan boshlab oliy ta'lim muassasasi tomonidan ko'rib chiqiladi.  1-qadamda ariza dastlab siz topshirmoqchi bo'lgan OTM tomonidan turdosh yo'nalishlar ko'rib chiqiladi. 2-qadamda ariza siz tugatgan OTM tomonidan diplom ilovasidagi fanlarning o'rtacha bali kiritilib tasdiqlab beriladi.

 

Manba