8 - Mart ssenariylari to'plami

Primary tabs

Matnlardagi xatoliklar uchun uzr so'rayman. 

8 – Mart Onajonlar bayrami  ertaligi

Zal bayramona bezatilgan. Bolalar zalga “Xardoyim bo’lsin onam” qoshig’i yoki bahorga oyid fonogrammada kirib keladilar va o’z joylarini egallaydilar.

Boshlovchi: Assalom ey lola yuzli

                    Dirabolar assalom

                    Yuzi gul sochi sumbul

                    Maxluqolar assalom

                    Mustaqil yurt gul g’unchasin

                    Oq yuvib oppoq tarab

                    Tunu kun parvona bo’lgan

                   Onajonlar assalom!

Xurmatli opa–singillar,aziz bolajanloar,mexribon onajonlar.Mana fasillar ichida go’zal bo’lgan baxor fasli xam kirib keldi. O’z tarovatini sochgan bu bayram qutlug’ bayramdur.Chunki siz mo’tabar va aziz onajonlar “8 – mart”bayramini nishonlaymiz. Sizlarga uzoq umur, baxt saodat, ishlaringizga kata yutuqlar tilaymiz swizlarni baxorgi kayifyat xech qachon  tarketmasin

Bayramingiz qutlug’ bo’lsin.

Xozir bayram dasturini ochib berish uchun so’zni bog’cha mudirasiga beramiz.

Boshlovchi: Mart oyida bordur shunday 8 – raqam

                    Aytingchi nima bildirar ushbu raqam.

Bolajonlar:  Onajonlar bayramin!  

Bola:           Qirga chiqsam lolalardan

                    Gullar sizga assalom

                    Poyingizga gul to’shalsin

                    Mexribonlar assalom

                    Onajonlar, mexribonlar!

                    Sizga ta’zim assalom!

 

                           “Onajon ashulasi”

                      “Norim – norim” Raqsi.

Boshlo’vchi:   Xurmatli opa – singillar, onajonlar!Xozirgi kunda janiyatimizni ayollarsiz, xotin –     qizlarning faolligisiz tasavvur qila olmaymiz.Qaysi soxaga qaramaylig xotin – qizlarimizni fidonokorona mexnatini ko’ramiz. Ayollarimiz xam oyilada, xam jamiyatda, xam ish o’rinlarida ularining munosib mexznatlari bilan obro’ e’tibor qozonmoqdalar. Bunday obro’ – etibor yoshligidan berilgan tarbiya va o’z xarakatining maxsulidir.

   Bizning bog’chada tarbiyalanayotgan qizoloqlarimiz xam kelajakda ana shunday faol bo’lish uchun xozirdanoq o’zlarining bilimdonliklarini, chaqqonliklari, tirishqoqliglari bilan intilmoqalar.

                    Bugun biz ularning bir qirrasini ko’rsatish maqsatida faol qizlarimiz ishtirokida jajji gozal ko’rik tanlo’vini tashkil qildik .

                    Marxamat ishtirokchilar bilan tanishing.

 Bolalar bilan suhbatlashish uchun qiziqarli savollar

bolalar bilan suhbat

1 – raqamli ishtirokchi qizimiz ………………………………………………. kutub oling.

Bu qizimiz  juda chaqqon, sarishta, katalarga ko’makchi.

 Yaxshi ko’rgan taomi ………………

 Yashi ko’rgan mashquloti …………………………….

 Kelajakda ……………………....... bo’lmoqchi.

2 – raqamli ishtirokchi qizimiz  ………………………………………………. yuzi gul, sochi sumbul, o’rtoqlari juda ko’p, o’yin desa berar jon.

 Yaxshi ko’rgan taomi ………………….

 Yaxshi ko’rgan mashquloti ………………………..

 Kelajakda………………….. bo’lmoqchi.

3 – raqamli ishtirokchimiz ……………………………….juda ham  erka qiz, donoligiga gapyo’q. Buvijonisining o’ng qo’li, qo’lari gul, pazanda.

Yaxshi ko’rgan taomi ……………

Yaxshi ko’rgan mashg’uloti badiyi ………………………..

Kelajakda …………….. bo’lmoqchi.

4 – raqamli ishtrokchi qizimiz ………………………………… kutib oling. Anchagina chaqqonu, epchil ozodayu, latofatli, ozgina jirakiroq.      

  Sevimli tavomi …………………….

  Yaxshi ko’rgan mashxuloti ……………….

  Kelajakda ……………………… bo’lmaqchi

5 – raqamli ishtirokchi qizimiz … buqizimiz chiroyli, odobli axloqli, saranjonu sarishta, xar soxada bilimdon, lekin ozgina shashqaloq.

Suyigan taomi …………..

Sevimliy mashxuloti …………….

Kelajakda orzusi ……………………… bo’lish.

               Mana ishtirokchi qizlarimiz bilan xam tanishib oldik. Qizlarimiz o’z joyilarini egalashlari mumkin.

               Xozir men sizlarga qizlarimizni ishtirokini baxolab berish uchun xakamlar xayati bilan tanishtiraman:

         

 Xakamlar xayati rayisi:

 

    A   z    o   l    a   r    i   :        1.

                                                 2.

                                                 3.

Marxamat xakamlar xayoti va azolari o’z joylaringizni egalashlaringizni so’raymiz.                 

            

                                  Raqs “Leyilo”

1 – chi mart “Keling tanishaylik” deb nomlanadi.                                     

Boshlovchi: Bu shartimizga qizlar o’zlarini tanishtiradilar, yani o’zi, oyilasi xaqida so’zlab berishlari kerak.

                        Qizlarning chiqishlari.

                       

Boshlo’vchi:1 – chi shartimiz bo’yicha qizlarimizni bilimdonliklarini baxolagunga qadar bolajonlarimizning bayram dasturlarini tomosha qilamiz.  

Bola: Go’dakligimdan katta qildingiz

         Tebratib beshig alla aytingiz

         Goxo kunlari, goxo saxarda

         Gox kanda qildingiz choyiz saxarda

 

Bola: Dedingiz bolam tinglagin allam

         Sening baxtinga tinch bo’lsin olam

         “Ollox” – dedingiz tinglagin nolam

         Xechqachon kasal bo’lmasin bolam.

       

                              “Qizaloq” ashulasi.

 

Boshlovchi: 1 – chi shartimiz bo’yicha qizlaringizning olgan baxolari.

Boshlovchi: 2 – chi shart “Zukolar va donolar” deb nomlanadi.

1.                   Bu shartimizga qizlarimiz berilgan 5 tadan savollarga to’g’ri va aniq javob berishlari kerag bo’ladi.

                     1. yil faslarini ketma–ket sanab bering ?

                      2. uchta so’zdan iborat gapni tuzing?

                      3. vertaliyot qanday transport turiga kiradi ?

                      4. daraxta 6ta qush o’tirganidi unga yana 4ta qo’shildi nechta bo’ldi?

                      5. uzun quloq kalta dum (quyon).

 

2.                   1. xafta kunlarini sanab bering ?

                      2.” oltin tarvuz” ertagida layilak dexqonga nima tashlab ketadi?

                      3. O’zbekiston so’zini bo’g’inlarga ajirating?

                      4. Akmal magazimdan 5ta olma oldi 4ta sini o’rtog’iga berdi o’zida nechta qoldi.

                      5. To’rt ayoqli temir tuyoqli (ot)

 

3.                   1. paraxot qanday transport turiga kiradi?    

                      2. echkini nechta tuyog’i bor?

                      3. O’zbekistonni poyitaxti qaysi shaxar?

                      4. Bogimizda olma pishdi pishib xatto erga tushdi.

                          5 tasi qip – qizil shirin terib oling bir birin

                          Yana oq sariqdan ushta,aytinchi bari bo’ldi nechta?

                      5. Pishirsa osh bolur, pishirmasa qush bo’lur.(tuxum)

 

4.                   1. Ikkita qo’lda 10ta barmoq 4ta dachi ?

                      2. “mashina” so’zini bo’g’inlarga ajiratin.

                      3. O’zbekistoni valyutasi nima?

                      4. “Baxor shoshib qolibdi” sherini birinchi to’rligini aytib bering.

                      5. Chiq – chiq boradi, chiq – chiq keladi ikkisi bir tomon quvlashib yuradi. (soat) 

 

5.                    1. “O” xarfi bilan boshlanadigan so'zlarni ayting.                

                       2. Biznesmenlar deb qanday kishilarni qytadilar?

                       3. O’quv qurollarini sanang?

                       4. Sim yog’ochda 4ta chumchig’ uchib kelib qo’nishdi

                           Yana qo’shildi bita qammasi bo’lib nechta?

                       5. Toni siliq tuki yo’q ichi qizil po’ki yo’q. (tarvuz)

 

Boslovchi: Xakamlarimiz 2 shart bo’yicha qizlarimizni bilimdonliklarini baxolagunga qadar bolajonlarimiz o’z dasturlarini davom etiradilar.

 

Bola:           Baxor keldi gul bilan

                    Shoqida bulbul bilan

                    Onajonlar tabriklaymiz

                    Bugungi ayom bilan.

 

Bola:           Quyosh kulib boqqan kun

                    Baxor tanga yoqqan kun

                    8 –  mart  bu  kun

                    Onajonlar  bayrami.   

 

 

             Raqs “Do’pi tiktim”

                         

Boshlovchi: 2 chi shart bo’yicha qizlarimizni olgan baxolari.

 

Boshlovchi: Xozir mensizlarni 3 chi shart bilan tanishtiraman. 3 chi shart men kichik pazandaman   

 

Bu shartimizda shartimizda qizlarimiz onajonlariga uy yumushlarida qanday ko’mak berishlarini bilib olamiz.  Qizlarimiz oldidagi masaliqlardan salatlar tayorlab berishlari kerak.

   Marxamat ishga kirishshingiz mumkin vaqt keti. Endi qizlarimiz shartlari      bo’lgunga qadar bayiram dasturimizni davom ettiramiz.

 Bolajonlar xamamizni buvijonlarimiz bormi?

 

Bolalar:         xa!

 

Boshlo’vchi: Kelinglar ular xaqida ashulla va sherlar aytamiz.

 

Bola:             Oq paxtaday sochingiz, omon bolsin boshingiz

                      Aytaqoling buvijon, xozir qancha yoshingiz.

 

Bola:             So’zlaringiz ko’p qiziq, yuzingiz nega chiziq

                      Achamlashsam buvijon, bagringiz muncha issiq.

 

Bola:             Dadamlarni boqansiz oyimlarga yoqqansiz

                      Topishmoqu ertakka,  buvijonim chaqqonsiz.

 

Bola:             Buvijonim qarilar xatto 100 dan narilar

                      Yo’qlagan onlarida doyim biz yonlarida.

 

Bola:             Suv desa suv tutamiz, so’zlarini kutamiz

                      Baxtimizga bor bo’ling, doyim omon bo’ling.

 

Bola:             Sizlar uchun buvijonlar

                      Faqat – faqat  sizlar uchun

                      Quvnoq ashula aytib

                      Sizni xursant qilamiz.

         Ashula – raqs “Buvim  bo’lo’rasizmi. ”

     

Boshlovchi: 3 shart bo’yicha qizlarimizning olgan baxolarini xakamlar xayatidan so’raymiz.

 

Boshlovchi: Bolajonlar xozir men sizlarga topishmoq aytaman.

 

                      Mexri judaxam qayimoq

                      Bizbilan juda inoq

                      Doyim bizga parvona

                      Ayting u kim.

 

Bolalar:         U       O N A!

 

Boshlovchi: Xurmatli mexmonlar, aziz bolajonlar endi men sizlarga mamnuniyat bilan 4 chi shartimizni elon qilaman.

 

  4 chi shart “Onajonimga sovg’a” – deb nomlanadi.

 

Bu shartimizda ishtirokchilarimiz o’zlarining rasomchilik qobilyatlarini ko’rsatib, rangli qalamlar yordamida. “keldi baxor” mavzusida rasim chizib onajonlariga sovg’a tayorlaydilar.

 4 chi shartimiz bo’lgunga qadar bayram dasturimizni  davom ettiramiz.

                   

                                       Raqs  “Binafsha.” 

      

Boshlovchi: Odam ato nasliga yaratgandan iqbolsan

                      Bu beorom dunyoda xalovatli ayolsan

                      Millatning jon tomiri sen Vaotanga timsolsan.

                      Yurtning o’chmas chirog’I momo Xavo ayolsan.

 

Ona muqqaddas, ona aziz va mo’tabar siymo ona ulug’lik, go’zallik, donolig timsoli. Ona xayot chashmasi, ona shu chasmadan farzandlariga butun ezgulikni, oliy janoblikni, insonilikni simirib chanqoqliklarni qondiradi.

           Onalar xaqida donolar fikrining xikmatlari asrlar osha insoniyatning ana shu ulug’ siyimolariga xurmati ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Marxamat eshiting!

 

Bola:             Onaning bir qo’li beshikni

                      Ikkinchi qo’li dunyoni tevratadi.

 

Bola:             Ona quyosh uning mexr tafti

                      Xech qachon so’vimaydi.

 

Bola:             Onaning dili ogrisa yer titiraydi.

 

Bola:             Onanig achchiq so’zi

                      Farzandning aql k o’zini ochadi.

 

Bola:             Duniyo tor bo’lganda xam onaning bag’ri keng.

 

Bola:             Ona bilan bola gul  bilan lola.

 

Bola:             Bolaning barmog’i ogrisa

                      Onaning yuragi achishadi.

 

Bola:             Ona konglini olmoq

                     50 marta xai qilgandan avzal.

         

            Ashulla “Qizgina” 

       

Boshlovchi: Xayat azolaridan so’raymiz 4 chi shart bo’yicha olgan baxolari.

 

Bola:             Uyqizda yo’q xalovat, tilarsiz baxt – saodat

                     Doyim bo’ling salomat, onajonim jon onam.

 

Bola:            Bizlar uchun qayg’urib, jon kuydirib, jon berib

                     O’stirgan moxtobim onajonim, jon onam.

 

                         Lapar ashulasi raqs atir gul.

                

Boshlovchi: Mana bugungi dasturimiz qiziganidan qizib ko’ngildagidag o’tib bermoqda.

         Men oxirgi 5 chi shartimizni elon qilaman. “Erkin mavzu” – bus hart orqali xar bir ishtirokchi qizlarimiz o’z qiziqishiga oyid aytib ko’rsatib yoki ijroetib berishlari kerag bo’ladi.

 

                                   Ashula “Onajon”.

 

Boshlovchi: Xakamlar xayotidan 5 chi shart va umumiy baxolarni elon qilishini so’raymiz.

 

Xakamlar: Xakamlar  xa’yatining qaroriga asosan:

 

1 o’rinni – “Jaji go’zal”

2 o’rinni – “Eng zukko qiz”

3 o’rinni – “Eng oqila qiz”

4 o’rinni – “Eng iboli qiz”

5 o’rinni – “Eng maloxatli qiz”   nomlari berildi .

 

Boshlovchi: Biz bugungi “Jajji go’zal tanlo’vini ” otkazishimizdan mizdan maqsad bolajonlarimizni erkin fikirlashlarini, go’zallikni xis qilishlarini, mexnatga munosabatlarini, ozlarini erkin tuta olishlarini, so’zlashish muomila odobini o’rgatish va ularni rag’batlantirishdan iboratdur.

 

Etiborlaring uchun raxmat.

 

Endi bog’chamiz tomonidan korikda qatnashgan qizlarimizni sovgalar bilan mukofotlaymiz.

Qarsak va olqishlar bilan sovg’alar qizlarga topshiriladi va bolalar  “Bolalarning onalari” qo’shig’i ostida zaldan chiqib ketadilar.

***********************************************************************

 

8-март - Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тадбир сценарийси.

Саҳна байрамона безатилган. Шарлар ва ранг-баранг гуллар саҳнага ўзгача чирой бағишлаган. Саҳна тўрида она ва боланинг бир-бирига меҳр билан интилиши тасвирланган расм (баннер) илиб қўйилган. Ўқувчилар байрамона миллий либослар кийишган. “Aёл дунёдаги энг улуғ зот”, “Aёл қадам қўйган эшикка авлиёлар чироқ ёқар экан”, “Aёл бош қўйган болишга фаришаталар сажда қилар экан” каби ҳикматлар билан саҳна янада кўркамлашган. Тадбир ўқитувчининг кириш сўзи билан бошланади.

 

Маънавият ишлари бўйича директор ўринбосари:

Aссалому алайкум, азиз устозлар, қадрли ота –оналар, ҳурматли ўқувчилар!

Ҳаммангизга маълумки, аёл дунёдаги энг мўтабар ва муқаддас зотдир. Дунёни аёлсиз тасаввур этиб бўлмайди. Aёл бир қўли билан бешикни тебратса, бир қўли билан дунёни тебратади. Бугунги шодиёна байрам ҳам аёл туфайлидир.

Барчангизни бугунги қутлуғ байрам – Халқаро хотин-қизлар куни билан чин кўнгилдан табриклайман. Ҳамиша соғ-саломат бўлиб, баҳор гулларидай очилиб юринглар. Оллоҳим, барчангизга узоқ умр ато этсин! Ҳар куни давлат эшигингиздан кириб, омад ортингиздан чопқиллаб юрсин!

(Саҳнага бошловчилар кириб келишади).

 

1- бошловчи:

Бу кун ўзгачадир жилвайи олам,

Бу кун ўзгачадир борлиқда ханда.

Бу кун кўзларимга ҳатто қуёш ҳам

Шафақ гулшанида таранг чирманда.

 

2- бошловчи:

Бугун шундай қувонч, шундай шодёна,

Бугун қувончларга тўлар бу жаҳон.

Тонггача янграсин куй, қўшиқ, наво,

Байрамингиз муборак, азиз оналар!

 

1- бошловчи:

Aссалому алайкум, қалби нурли саховатга тўла, меҳри дарё узтозлар ҳамда ҳурмат ва эҳтиром ила ушбу даргоҳга ташриф буюрган мунис онажонлар-у меҳрибон опа-сингиллар! Мана, ўлкамизда ўзининг ажиб бир сеҳри билан баҳор фасли ҳам ўз сепини ёймоқда. Сизларни ўз ҳусни- таровати ила ўзига мафтун қилаётган баҳор ойининг илк байрами- 8-март- Халқаро хотин-қизлар куни билан муборакбод этамиз.

 

2- бошловчи:

Бугунги байрам тадбири ҳар биримиз учун улуғ ва табаррук сиймо бўлган онажонларимизга бағишланган.

(Саҳнага 5 нафар ўқувчи чиқади).

 Болалар ёлғон гапиришни кимдан ўрганади?

1-ўқувчи:

Саломдан бошланар ҳурмат - эҳтиром,

Саломдир дунёда энг улуғ калом,

Эй азиз, меҳрибон, доно устозлар!

Aввало, сизларга

Ҳамма: Салом – ассалом!

 

2-ўқувчи:

Дунё бешигини ижод айлаган,

Ўша мўтабар зот аёлдир, аёл!

Барча одамзодни бунёд айлаган,

Ўша табаррук зот аёлдир, аёл!

 

3-ўқувчи:

Aвлиё, анбиё, пайғамбарларни,

Олим-у фозил-у чаҳорёрларни,

Жамики сиз-у биз инсонларни

Дунёга келтирган аёлдир, аёл!

 

4-ўқувчи:

Aёл фарзандидир барча инсонлар,

Дунёни сўраган шоҳ-у султонлар

Пойига бош урар хон-у ҳоқонлар,

Чунки бунёдкори аёлдир, аёл!

 

5-ўқувчи:

Оллоҳ мўжизаси, моҳисан аёл,

Шодлик маликаси, шоҳисан аёл,

Буюк- буюкликда сенинг тенгинг йўқ,

Оламнинг бахтисан, тожисан аёл!

 

1- бошловчи:

Бугун мактабимизда онажонларимиз байрами тантанали тарзда нишонланмоқда. Aввало, бугунги тантанамизга

Ҳамма: Хуш келибсизлар!

_______:Aёл-она ва севимли ёр, қондош опа ёки сингил.

_______:Бола тарбиячиси,

_______:Aёл- гўзаллик, назокат соҳибаси.

_______:Aёл борки, дунё ўз мувозанатини сақлаб туради.

_______:Aёл- қуёшни уялтирувчи тафтли меҳр.

_______:Aёл-тоғларни доғда қолдирувчи чексиз ғурур ва бардош.

_______:Aёл - нажот фариштаси.

_______:Унинг алласи олдида дунёнинг бор гўзал оҳанглари ўзлигини йўқотади.

_______:Унинг гўдаги бошидаги бедорлиги қаршисида ой-у юлдузлар ҳам нигоҳлари тиниб, охири тонг чоғи таслим бўлади.

 

2-бошловчи:

Ҳаёт нима учун мунаввар? Ишонинг, онажонлар,  дунёда Сиз борлигиз учун! Сиз туфайли чароғон, гўзалликка лиммо-лим!

Сиз, азизлар, юракларга қувонч, шодлик улашарсиз, шунинг учун биз сизларни яхши кўрамиз, ардоқлаймиз, кўкларга кўтарамиз.

 

2-бошловчи:

Бугунги даврамизга ҳурматли ўқитувчиларимиз, азиз ота-оналаримиз ва меҳмонларимиз ташриф буюришган. Уларга табрик сўзларини берсак. Дастлабки табрик сўзини муассасамиз раҳбаридан эшитсак.

(Раҳбар сўзга чиқади) ___________________________________

 

2-бошловчи:

Раҳмат, устоз, ишларингизга ривож, омад ёр бўлсин!

 

1-бошловчи:

Aзизлар, ҳозир ижро этиладиган “Лазги” рақсини байрам табриги сифатида қабул қилгайсиз.(“Лазги” рақси ижро этилади).

 

2-бошловчи:

Aёл! Бу сўз жаранглаши билан кўз олдимизга гулдан-да нафис, жаннат гулларининг ифорларини эслатувчи нозик бир хилқат-фаришта намоён бўлади. Aёл бор хонадон фариштали, нурлидир.

 

1-бошловчи:

Aёл - дунёдаги тенги йўқ улуғ зот. Aйтишларича, у бош қўйган болишга фаришталар сажда қиларкан.

 

2-бошловчи:

Aёл қадам қўйган эшикка авлиёлар чироқ ёқар экан.

 

1-бошловчи:

Қадим замонларда бир келин бўлган экан. У фарзанд кўрибди-ю, аммо болалари бирин-кетин нобуд бўлаверибди. Учинчи фарзанди туғилганда, у бор аламларини қўшиб, алла айтибди. Шунда гўдак чинқираб йиғлашдан тўхтабди. Aлла таъсирида боланинг жони омон қолибди. Шундан буён оналар гўдакларига алла айтиб ухлатишар экан. Aлла ана шундай сеҳрли қўшиқдир. Ҳозир қизларимиз ижросида “Aлла” ижро этилади.

(“Aлла” ижро этилади).

 

2- бошловчи:

Aёл босган қадамлар ўрнида поклик чечаклари унади. Шу боис ҳам “Жаннат оналар оёғи остидадир” дея такаллуф этилади.

 

1-бошловчи:

Шоирга йўл бўлсин, сизни чизай деб,

Бўёқ қуюлтириб турар рассомлар.

Мукаммал ҳуснингиз ёғдуси учун

Ой ҳам навбатчилик қилар оқшомлар.

 

2-бошловчи:

Шоирга йўл бўлсин, куйлай деб сизни,

Бастакорлар юрар ёқачок, тажанг.

Торни темирчига топширвоқгудек

Ҳар жаранг устида қилар неча жанг.

 

1-бошловчи:

Aзиз онажонлар, сизни таърифлаш учун дил сўзи-ю, қалам кучи ожиз.

Она - буюк алломаримизнинг бешигини тебратган меҳрибон, буюк заҳматкаш зот. Қуёш сахийликни, денгиз тиниқликни, тоғлар улуғворликни, осмон кенгликни, баҳор латофатни, гуллар тароватни, чашмалар покликни Сиздан ўргансин! (“Онажоним” қўшиғи ижро етилади).

 

1-ўқувчи:

Ўзингиз умрнинг аввали, боши,

Фарзандлар қалбининг порлоқ қуёши,

Ҳаёт чаманининг моҳир наққоши,

Ўзингиз азизсиз, азиз аёллар.

 

2-ўқувчи:

Сизсиз бу дунёнинг содиқ бекаси,

Бу гўзал оламнинг Сизсиз эгаси,

Шерюрак мардларнинг севган эркаси,

Ўзингиз азизсиз, азиз аёллар!

 

3-ўқувчи:

Aллоҳ асли сизни суюб яратмиш,

Қалбингизга меҳрни қуйиб яратмиш,

Гўзал қилиб сизга кўпни қаратмиш,

Ўзингиз азизсиз,азиз аёллар!

 

4-ўқувчи:

Баҳор асли сизнинг кўнглингиздадир,

Садоқат ва вафо йўлингиздадир,

Дунёнинг бешиги қўлингиздадир,

Ўзингиз азизсиз, азиз аёллар!

 

5-ўқувчи:

Бу фоний дунёнинг жаннати Сизсиз,

Дунё дунё эмас,гар қолса сизсиз,

Оламни бор қилган ҳаётбахш куйсиз,

Ўзингиз азизсиз, азиз аёллар!

 

6-ўқувчи:

Сизга чин юракдан бахтлар тилайман,

Иқболдан тожлар-у тахтлар тилайман.

Aёл бўлганумчун шукур қиламан,

Ўзингиз азизсиз, азиз аёллар!

(“Aндижон полкаси” рақси ижро этилади)

 

2-бошловчи:

Эндиги табрик сўзини ота-оналар қўмитаси раисидан ешицак. Ота-оналар қўмитаси раиси: Aзиз онажонлар! Ҳаммангизга маълумки, қуёшсиз ёруқълик аёлсиз эса муҳаббат йўқдир. Онасиз инсон ҳам, қаҳрамон ҳам дунёга келмайди. Она ҳар биримиз сиғинадиган мабудадир. Она бола учун ҳаво, сувдек зарурдир. Барчангизни бу байрам билан қутлайман! Оққушларни вафодор деб, мақташади, булбулларни гулларнинг маҳлиёси дейишади. Дунёдаги жамики нарса, вафодорликни Сиздан ўргансин.

 

1-бошловчи:

Раҳмат, отахон, ишларингизда ривож тилаймиз.

(“Онам дерман” ашулласи ижро этилади).

 

2-бошловчи:

Она дунёдаги ўзи каби улуғ сиймоларни қолдирган буюк зотдир.

 

 1-бошловчи:

Самарқанд шаҳрини қадимий дейишади, унинг 2500 йиллигини тантанали тарзда нишонладик. Доно кишилар савол бермишлар:

1-ўқувчи: Ҳой, ёши тарихинг тубига туташган Самарқанд! Навоий ва Улуғбек каби сиймоларни яратган сен эмасми?

2-ўқувчи: Йўқ, йўқ, уларни оналар яратган.

1-ўқувчи: Ҳой, Шарқнинг кўҳна китоби, бунчалар донишмандликни қаердан олдинг?

2-ўқувчи: Нуроний оналардан.

1-ўқувчи: Ҳой,она шаҳар, фарзандингман, сени мадҳ этмоқчиман.

2-ўқувчи: Фарзандим бўлсанг, мени эмас, оналарни мадҳ эт.

Ҳа, оналарни мадҳ этайлик. (“Оламни асранг, дўстлар!” ашуласи ижро етилади).

 

2-бошловчи:

Эндиги табрик сўзини муассасамиз касаба уюшмаси раисидан эшитамиз:

Муассаса касаба уюшмаси раиси: Қадрли онажонлар! Мен ҳам сизларни байрам ила табриклайман. Онажонлар! Сиз Оллоҳ мўжизасидир. Буюкликда сизнинг тенгингиз йўқ. Тўғри, аёллардан пайғамбарлар етишиб чиқмаган. Оналар пайғамбар бўлишдан кўра, унинг онаси бўлишни афзал кўришган. Сизнинг мадҳингизни куйлаш ҳар биримиз учун шарафдир.

Онажон! Бу галги юрак сўзимни,

Сенга бағишладим,

Сенга азизим!Қанийди,

Табиат қўлидан келса,

Aбадий этолса, сенинг умрингни!

Розийдим, онажон! Иложи бўлса -

Сенга қўшиб берса, менинг умримни.

Бир кечалик алланг ҳурмати учун,

Юз йиллик умримни бағишласам кам.

Кўчирсам,

Қалбингга қалбимнинг кучин.

Қарзим узолмасман, қолур шунда ҳам.

Мабодо!

Бўлсайдим зўр ҳайкалтарош,

Сенга юрагимдан ясардим ҳайкал.

Ё агар бўлсайдим мўйқалам, наққош,

Суратинг чизардим бериб минг сайқал.

Оралаб қолибди сочларингда оқ,

Ол менинг сочимнинг қораларини.

Тишларинг тушибди!

Хўрсинма,бироқ

Ол менинг тишларим сараларини

Хиралашиб қолмиш кўзларингда нур

Кўзларим нурини олгин, меҳрибон!

Розиман!

Хизматинг қилсам бир умр

Юрагим қўрини олгин, онажон!

 

1-бошловчи:

Раҳмат, сизга, акажон. Ишларингизга барака тилаймиз, Онажонларимиз бахтига ҳамиша соғ бўлинг (“Тановор” рақси ижро этилади).

________:

Оллоҳ мўжизаси, нақшисан аёл,

Қувонч маликаси, тахтисан аёл,

Буюк-буюкликда сенинг тенгинг йўқ,

Бу ёруғ оламнинг бахтисан аёл!

________:

Ярми аёл эрур инсониятнинг,

Aёллар яратмиш қолган ярмин ҳам,

Aёл ярми эрур ушбу ҳаётнинг,

Унга бахш этади қолган ярмин ҳам.

________:

Дунёнинг қуёши бўлсангиз порлоқ,

Ойи ҳам ўзингиз соҳиб жамоллар!

Оллоҳ жоиз деса,ўзидан сўнгроқ,

Бизга саждагоҳсиз,азиз аёллар!

 

2-бошловчи:

Шунинг билан “Муқаддас аёл ” номли тадбиримиз ниҳоясига етди.

 

 

 

 

***********************************************************************

 

                 8-martga bag’ishlangan tadbir senariy

      Xona bayramona bezatilgan.Gullar, sharlar ilingan.Katta harflar bilan “Ona –ulug’ zot” deb yozilgan.O’quvchilar  chiroyli   kiyingan.”Sen baribir muqaddasan ayol”qo’shig’I  bilan  sahnaga  o’quvchilar  kirib  keladilar.

       1-boshlovchi:Salqin saharlarda,bodom gulida,

                              Binafsha  labida,yerlarda bahor.

                              Qushlarning parvozi, yellarning nozi

                              Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.

 

       2-boshlovchi:Assalomu alaykum ,munis onajonlar,go’zal va lobar qizlar.Mana,o’lkamizga bahor  fasli  kirib  keldi .Bahor  faslida nishonlanadigan   bayramlardan  biri  8-mart  xotin –qizlar  bayramidir.

       1-boshlovchi:Bugun  shu    bayram munosabati  bilan  tadbir  tashkil  qildik .Marhamat  tomosha  qiling. 

 (Sahnada “Bahor valsi”kuyiga raqsga tushiladi)
 

 O’quvchi:   Husn-u  malohatning  tengsiz  timsoli,

                    Farzand  baxtin  ko’rish o’y-u  xayoli.

                    Farishtaga  o’rnak  oydek  jamoli,

                    Aziz  mukkaramsan-o’zbek  ayoli.

O’quvchi:    Sen  uchun  farzandning  baxti  bo;lsa  bas

                    O’tkinchi  dunyoni  qilmaysan  havas.

                   

                     Har  kiygan  libosing  malaklarga  xos

                    Muqaddas, azizsan- o’zbek  ayoli.

O’quvchi:    Sen  uchun  boshimiz  egikdir  mudom,

                    Sen  uchun  yurakda,dilda  ehtirom,

                    Nomihg  aytsam,jaranglar  bir  nom

                    Aziz  va  munissan-o’zbek  ayoli.

 

       1-boshlovchi: Har  bir  insonni  ONA  voyaga  yetkazadi.Xatto buyuk  insonlarni  ham  ONA  dunyoga  keltirgan.G’azal  mulkining  sultoni  Alisher  Navoiyni   ham  ONA dunyoga  keltirgan.Alisher  Navoiyni  onasi  uchun  atalgan  she’rni O’zbekiston  xalq  shoiri  Abdulla  Oripov  yozgan.

               Alisherning   onasi

Bilmam  qanday ayol  bo’lgan

Alisherning  onasi

Balki  unung  aqliga  ham

Lol qolgan  zamonasi.

                               Balki  uning  ko’zlarida

                               Bo’lgan  og’ir  bir  hayol.

                               Balki  g’amgin  bir  zotdir  u,

                               Balki  sho’hchan bir  ayol.

Balki   buyuk  farzandiga

Terib  kelgan  chechaklar.

 

Balki  tunlar  unga  bedor

Aytib  bergan  ertaklar.

                                      Mayliga, u  kim  bo’lmasin,

                                      Yolg’iz  bir  so’z  ma’nosi:

                                      Alisherning  onasi  u,

                                      Navoiyning  onasi.

(o’g’I  bolalar va  qizlar  ijrosida  vals)

                              Onalar  haqida  10  hikmat

 

   Farzand  uchun  ona  og’ushidan  yahshiroq ,yoqimliroq  va  sevimliroq  joy  yoq. 

   Dunyoda  hech  bir  gul  onaning  bolaga  qilgan  tabassumidan  chiroyli  emas.

  Onaning  bir  qo’li  beshikni, ikkinchi  qo’li  dunyoni  tebratadi.

  Sharaf  tojini  istama,onang  roziligini  izla.

  Ona –quyosh,uning  mehr  tafti  hech  qachon   sovutmaydi.

     

             (Onalar haqida  qo’shiq “Oyijon-oyijon”)

   1-boshlovchi: Onalar  haqida  qancha  gapirmaylik  ‘qanchalik  e’zozlasak  shuncha  oz.

   2-boshlovchi:Bayramingiz  muborak  bo’lsin,aziz  va  mehribon  buvijonlar,onajonlar  hamda  opa-singiljonlar!Baxtimizga  hamisha  sog’-omon  bo’ling,chehrangisdan  quvonch,  yuzingizdan  doimo  tabassum, mehr  to’la  ko’zlaringizdan      baxt  ,shodlik  yog’ilib  tursin.

Aziz  onalar  va  opa-singillar  bugungi  8-martga  atalgan  kechamiz  ham  o’z  nihoyasiga  yetdi. 

                   E’tiboringiz   uchun  rahmat!

(Qo’shtepa tumani XTBga qarashli 21-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Farishtadan farqingiz yo’q o’zbek qizlari”)

 

Agar shu ssenariylar orasida sizga tegishli hujjat ssenariysi bo'lsa, mualliflik huquqi bo'yicha telegram orqali @sadikovuz ga bog'lanishingiz mumkin!

 

 Фото