Konstitutsiya bayrami arafasida dam olish kunlari qanday bo'ladi?

Primary tabs

Joriy yil 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun haftaning seshanba kuniga to'g'ri keladi. Bayram arafasida hamisha beriladigan savollardan biri: dam olish kunlari qanday belgilanadi? 

Barchaga ma'lum, 8-dekabr dam olish kuni. Konstitutsiya qabul qilingan kun sifatida keng bayram qilinadi.

Qolgan kunlar quyidagicha bo'ladi:

- 5 dekabr, shanba - haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

- 6 dekabr, yakshanba - barchaga dam olish kuni;

- 7 dekabr, dushanba - barchaga ish kuni;

- 8 dekabr, seshanba - barchaga dam olish kuni;

- 9 dekabr, chorshanba - barchaga ish kuni.

 

Manba