Video dars qilish shartmi?

Primary tabs

Video dars qilish shartmi? 

Bizning maktabda direktor har bir o‘qituvchidan videodarslar tayyorlashni talab qilyapti. Ushbu talab to‘g‘rimi?

Javob: O‘qituvchilarga onlayn video dars qilish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi tomonidan hech qanday talab qo‘yilmagan. Onlayn maktab loyihasi telekanallar orqali maktab dasturi bo‘yicha har kun efirga berib borilyapti. Mazkur jarayonga 117 nafar pedagog jalb qilingan.

Maktabimizda epidemiologik vaziyat tufayli ta’lim onlayn tarzda olib borilmoqda. Bunday holatda o‘qituvchilar ham uyda televizion darslarni kuzatib, bolalar bilan shug‘ullansa bo‘ladimi?

JAVOB: Maktablarida an’anaviy shaklda o‘qish boshlanmagan o‘qituvchilar uyda o‘quvchilari bilan video dars qilishni tashkil etishi mumkin.

 

 

Surat manbasi