NMTT rahbari boshqa MTTda ishlashi mumkinmi?
Savol:
Assalomu aleykum mening savolimga aniklik kiritib bering. Savolim oila bogcha ochib unga raxbarlik kilib ishlayotgan xodim 0.5 stavkada boshka Mtt da ishlashi mumkinmi Javob uchun oldindan raxmat
Javob:
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qarori asosidagi "Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida Nizomning 33-bandiga muvofiq, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish muassis tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yakka tartibdagi tadbirkor shaklida faoliyat yuritishini hisobga olsak, uning rahbari boshqa MTTda ishlashi mumkin degan xulosa kelishi tabiiy.
Sababi "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida Nizom"ning 4-bandida o‘rindosh tariqasida ishlashi ta’qiqlangan shaxslar hamda "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom" ilovasida o‘rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar ro‘yxati keltirilgan. Ushbu bandlarda, oilaviy bog‘cha rahbari boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotida xodim sifatida ishlashiga to‘sqinlik qiladigan holatlarni topmadik.
Faqat shuni inobatga olish lozimki, bu holatda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida rahbarning boshqa MTT yoki umuman boshqa tashkilotlarda ishlamasligi to‘g‘risida qoida bo‘lmasligi kerak.
Agar boshqacha qoida nazarda tutilsa, ustav qoidalari amalga oshiriladi.
Manba: Yurist Xizmati telegram kanalidan