Maktab doirasida ishlatiladigan ayrim atamalar izohini keltirishga qaror qildik.
-Pedagog — (yunon tilidan — παιδαγωγός bola yetaklovchi) — pedagogika mutaxassisi, bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxs
-Pedagog xodimlar — xalq ta’limi tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi o‘qituvchi va tarbiyachilar;
O'qituvchilar uchun eng kerakli savollarga javoblar!
-Rahbar xodimlar — xalq ta’limi tashkilotlari va ularning tarkibiy bo‘linmalarida boshqaruv funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar hamda ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari mutaxassislari;
-Davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
-Umumiy o‘rta ta’lim – ta’lim turi hisoblanib, 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan ta’lim olish davrini o‘z ichiga oladi. Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi davrlarga bo‘linadi:
Dars uchun interfaol metodlar
-boshlang‘ich ta’lim – 1-4-sinf;
-tayanch o‘rta ta’lim – 5-9-sinf;
-o‘rta ta’lim – 10-11-sinf.