Mustaqillik dars ishlanmasi - Vatanimizning 27 yilligiga

Primary tabs

Fan:   Tarbiyaviy soat. Mustaqillik darsi

Mavzu: “AZIZ VA YAGONAMSAN ,JONAJON O’ZBEKISTONIM!” 

  Darsning maqsadi:

ta’limiy maqsad-o`quvchilarga istiqlol bu- ajdodlarimiz ko`p yillar orzu qilgan erkinlik, hurlik ekanligini,  yurtimiz  kelajagining nechog`lik porloq bo`lishi yosh avlodga bog`liqligi hamda zamon bilan hamnafas yashash bugunning talabi ekanligini tushuntirish;

tarbiyaviy maqsad- dunyoqarashi keng va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash:shukronalik hissini uyg`otish, boy tariximizni ko`z qorachig`idek asrash, davlat ramzlariga hurmat , yurtga sadoqat hissini tarbiyalash.

rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish; ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o`rnatishga qiziqtirish, 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishningbeshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi haqidagi bilimlarini rivojlantirish

Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radio,telefon orqa berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

 

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Dars turi:  aralash

Dars metodi: suhbat, savol- javob, “Tarmoqlash” metodi, “Bilarjonni kim yengadi?” ta`limiy o`yini.

Darsning jihozi:

didaktik jihoz: “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asari, davlat ramzlari, Harakatlar strategiyasiga oid video va audio yozuvlar, mustaqillik yillari rasmlari.

texnik jihoz: televizor, noutbuk, slaydlar.