A lot of va lots of ning farqi nimada?

Primary tabs

Ingliz tili o’qituvchisi sifatida o’quvchilarimning Ingliz tili grammatikasida ko’pgina qoidalarda hato qilayotganliklarini payqab qolaman. Bular orasida A lot ofva Lots of iboralari o’rtasidagi farqga bora olmay qolayotgan o’quvchilarim talaygina.

A lot of va lots of ning asosiy vazifasi biror narsa yoki kimning ko’plik miqdorini ko’rsatish uchun ishlatilishidir. Bu iboralarni sanaladigan va sanalmaydigan otlardan oldin ishlatamiz. Ikkisi ham "ko’p, ko’p miqdor” ma’nosini beradi.

Ikkisining yozilishida farq bo’lsa ham, ma’no va ishlatilish jihatidan ko’p farqga ega emas.

Keling misolda ko’rib chiqamiz:

He’s bought a lot of flowers for her. = He’s bought lots of flowers for her. – U uchun u ko’p gullar sotib oldi.

A lot of ozgina rasmiyroq jaranglaydi. Lots of esa norasmiyroq jaranglaydi.

Ba’zi o’quvchi, talabalarda bu ikkisini so’roq va inkor gaplards ishlatish mumkin yoki mumkinmaslik haqida tushunmovchilik yuzaga keladi. Albatta ularning ikkisi ham so’roq va inkor gaplarda ishlatilishi mumkin, lekin ularni odatda darak gaplarda ishlatgan ma’qul. So’roq va inkor gaplarda esa much/many ishlatilgani ma’qul. Lekin a lot of va lots of (ayniqsa lots of ni)ni darak va inkor gaplarda ishlatsak ham gap xato sanalmaydi. Lots of – sanaladigan va sanalmaydigan otlar bilan ishlatishga ma’qulroq.

Misollarni ko’rib chiqamiz:

I don’t have lots of patience to deal with her, do you? – Meni u bilan ish ko’rishga sabrim chidamaydi, senichi?
Billy gave her lots of money to buy some new clothes. – Billi unga yangi ko’ylak sotib olish uchun ko’p pul berdi.
Have you eaten lots of fruit? – Siz ko’p meva yedingizmi?
They didn’t have a lot of choices indeed. – Tanlash huquqi ularda haqiqattan ham ko’p emas edi.

A lot gapda boshqa ma’noda ham ishlatilishi mumkin. Ya’ni u "juda ham, ko’p hollarda” ma’nolarini beradi.

Do you like daffodils? A lot. – Senga narsisslar yoqadimi? Juda ham.