Ingliz tilini multfilmlar yordamida o'rganishga yordam beradigan 7 ta manba

Primary tabs

 Ingliz tilida multfilmlarni ko’rish nafaqat bolalar uchun balki kattalar uchun ham zavqli. Bugun siz uchun multfilmlari bor saytlarning ajoyib to’plamini tayyorlab taqdim qilmoqchimiz. Mazkur to’plamga o’tishdan avval multfilmlarning qaysi daraja (level) va yoshga to’g’ri kelishini aytib o’tishni joiz deb topdik.

Boshlang’ich daraja

 Boshlang’ich darajadagilar (beginner level) maxsus til o’rgatadigan multfilmlarni tanlaganlari ma’qul. Youtube da ingliz tilini o’rgatadigan multfilm kanallari juda ham ko’p va siz bu kanallarni www.youtube.com ga kiriboq “qidiruv” dan topishingiz mumkin. Qidiruvda oddiygina qilib “English beginner level cartoons” deb yozasiz.  

O’rta daraja

 O’rta darajadan (Pre-intermediate) Yuqori darajaga otayotganlar (Intermediate level)  “Disney” studiyasini multfilmlarini ko’rganlari ma’qul. Bunday multfilmlarda odatda qiyin bo’lmagan leksika va oddiy grammatik ko’rsatmalar bo’ladi. Multfilm qahramonlarining nutqlari esa yetarlicha aniq.

Yuqori daraja

O’ziga ishongan, yuqori darajada ingliz tilida yetarlicha amaliy bilimga ega bo’lgan foydalanuvchiga zamonaviy multfilmlar tavsiya etiladi. Ahir ularda mukammal grammatik qurilmalar, “slengli” iboralar ishlatiladi.

 

T-Series Kids Hut

 Bu utube kanalida qiziqarli animatsion hikoyalar to’plangan bo’lib, ular yaqindagina ingliz tilini o’rganishni boshlagan bolalar va kattalar uchun ajoyib qo’llanma bo’la oladi. Bu yerda 5 daqiqalik hikoyalar to’plamidan tortib, bir soatdan ham uzoqroq vaqtni oladigan to’plamlar ham bor.

Lelang.ru

 Mashhur multfilmlar to’plangan ajoyib sayt. Agar rus tilini bilsangiz – ruscha va inglizcha izoh (subtitrlarni) tanlash imkoniyati bor. Multfilmlardan tashqari mazkur manba sizga boshqa qiziqarli narsalarni taklif etadi: darajalarga qarab bo’lingan seriallar, audio kitoblar va boshqa materiallar. 

Multimedia-English

 O’zida qisqa multiplikasion hikoyalarni jamlagan manba. Ingliz tilini o’rganishni endi boshlaganlar va bolalar uchun to’g’ri keladi. Aytgancha, aynan shu saytni ingliz tilini o’rganish uchun shu tilda so’zlashuvchi davlat o’qituvchilari maslahat berishadi. Har bir videoga izoh (subtitr) va matn (transcript) bor. Maslahatimiz, avval matnni ko’rib chiqishingiz va notanish so’zlarni o’rganib chiqib, so’ng multfilm ko’rishga o’tganingiz ma’qul. 

BookBox

 Bu kanalning ajoyibligi shundaki, u sizga britancha ingliz tili va amerikancha ingliz tili variantlarni taqdim qiladi. Multfilmlardagi tovushlar mutaxassislar tomonidan berilgan va bu holat ingliz tilini o’rganuvchilarga so’zlarni tushunishda anchagina qulaylik olib keladi. Qulaylik uchun ekran tagida matn bor. Shu matn orqali yangi va notanish so’zlarni aniqlab olishingiz mumkin.

Soviet Catroons

 

Rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan sovet multfilmlaridan iborat to’plam. Albatta, ko’pchilikka tanish bo’lgan multfilmlarni ingliz tilida eshitib, uni taqqoslab ko’rish juda qiziqdir. Undan tashqari tarjimani analiz qilish ham yaxshigina yordam berishi mumkin. Ingliz tili nutqini o’rganish uchun grammatik qurilmalarga e’tibor bergan ma’qul. 

LearnEnglish Kids

Britaniya kengashining qisqa animatsion hikoyalari boshlang’ich darajaga ega bo’lgan va vaqtlari kam bo’lgan bolalar va kattalar uchun to’g’ri keladi. Har bir videoda bilimni sinash uchun mashqlar berilib boriladi. Undan tashqari tomosha qilgan animatsion roliklaringizning topshiriqlarini printerdan chiqarib olishingiz mumkin. Agar farzandingiz bo’lsa, bunday qisqa multfilmlarni tomosha qilish tilni o’rganishda unga yordam berishi mumkin. Ahir bunday qisqa ma’lumotlarni tezgina o’rganib olishingiz mumkin. Har bir qisqa dars 10-15 daqiqa davom etadi. Bunday qisqa darslar sizni va farzandingizni charchatib qo’ymaydi. Kunlik darslar esa o’z natijasini beradi deb umid qilamiz. 

Cartoons On

Bu saytda ko’pgina qiziqarli multfilmlarni topishingiz mumkin. Lekin, multfilmlarda izohlar yo’qligini ham inobatga olish kerak. Agar siz, o’z darajangizni yetarlicha yuqori deb hisoblasangiz, multfilm qahramonlarining nutqlarini bemalol tinglab, tushunib borishingiz mumkin. Saytning katta bo’lmagan muammosi, reklamaning ko’pligidir.

Ingliz tilida multfilm ko’rish oson va qiziqarli. O’zingiz uchun mos manbani tanlang-da, o’rganishni boshlang.

Tryeng.ru saytidan Sadikov Nasim tomonidan tarjima qilindi.    

www.sadikov.uz