Arm va hand ning farqi haqida gaplashamiz

Primary tabs

Ingliz tilini o’rganayotganlar orasida eng mashxur mavzulardan biri bu tana a’zolaridir. Mazkur mavzudagi ayrim so’zlar bir biriga ma’nan yaqindirlar. Masalan, arm va hand. Agar lug’atda bularni tarjimalariga qarasak, ikkisi ham “qo’l” ma’nosini beradi.

Lekin, ularni qaysi birini qay vaqtda ishlatamiz? Masalan, arm ning ma’nosi bu qo’lning yelkadan to panja qismigacha deyiladi. Hand ning tarjimasi qo'lning katta bo'lmagan qismi – kaft va barmoqlar. Kelinglar misolda bularni batafsilroq ko’rib chiqamiz.

Take his hand and let’s go. – Uning qo’lidan ushlada, qani ketdik.
Gorillas have long arms. – Gorillaning uzun qo’llari bor.

Lekin bu ikki so’zlar ayrim vaziyatlarda bir biridan anchagina farqlanadi. Masalan:
His new car cost him an arm and a leg. – Uning mashinasi unga qimmatga tushdi. .
Can you give me a hand? – Menga yordam bera olmaysizmi?.

Lekin hand in hand va arm in arm bir xil ma’no beradilar.

Arm in arm they walked towards home. = Hand in hand they walked towards home. – Qo’l ushlashib, ular uy tomonga ketdilar.

Mazkur so’zlar orasida yana bir farq bor. Ular boshqa gap bo’lagiga o’zgarishlari uchun turlicha o’zgaradilar. Masalan handy yoki armed sifatlari:

 hand - handy (qulay), arm - armed (qurollangan).

Ot sifatida hand so’zi “uzatib yubormoq” ma’nosini bersa arm so’zi “qurollanmoq” ma’nosini beradi.

Hand me the salt, please. – Menga tuzni uzatib yuboring iltimos.
She armed herself with a kitchen knife. – U oshxona pichog’I bilan qurollandi.
They were selling arms to other countries. – Ular qurollarni boshqa davlatlarga sotishayotgandi.

HomeEnglish.ru sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.