Jak-Iv Kusto haqida qiziqarli ma'lumotlar

Главные вкладки

Mashhur okeanograf o‘z hayoti davomida minglab sho‘ng‘ishlarni amalga oshirdi va bu haqda 150 ta film suratga oldi. Jak-Iv Kustoning mehnatlari tufayli odamlar suv osti dunyosi qanday ko'rinishini bilib oldilar. Sizni olim hayotiga oid qiziqarli faktlar bilan tanishishga taklif qilamiz.

Markaziy Osiyodan kimlar Ginnes rekordlar kitobiga kirganligini bilasizmi? Bilib oling!

#1. Kusto aslida uchuvchi bo'lishni orzu qilgan
Jak-Iv Kusto bolaligidan uchuvchi bo'lishni o'ylab kelgan. Lekin dahshatli fojea uning taqdirini o‘zgartiradi – 26 yoshida yigit avtohalokatga uchraydi. Avtohalokat natijasida tanasining o‘ng tomoni falaj bo‘lib, ikkala qo‘li ham sinadi. Shifokorlar hatto oyoq-qo'llarini amputatsiya bo'lishini bashorat qilishgan. Kusto qiyinchiliklarga ham qaramay tiklanishga qaror qiladi. Buning uchun u og'riqni yengad va har kuni ko'p soatlab O'rta yer dengizida suzadi. Ko'p o'tmay u suv yuzasida suzishdan zerikadi va u suzish uchun ko'zoynakda suv ostiga sho'ng'iy boshlaydi. 1936 yilda Jak-Iv birinchi marta suv osti tadqiqotlari uning taqdiri ekanligini tushunadi. 

#2. Kusto akvalang ixtirochisidir
1943 yilda nemislar tomonidan bosib olingan Frantsiyaning og'ir sharoitlarida muhandis Emil Gagnan Kusto bilan birgalikda u birinchi xavfsiz va samarali suv ostida nafas olish apparatini yaratadi. Ular buni "aqualung" deb atashgan. Kusto 60 metrgacha bo'lgan chuqurlikga muvaffaqiyatli shung'iy olgan. 

Bu shahar dunyodagi eng chiroyli shaharlardan biridir va uning ma’nosi "Toza xavo" deganidir. Bu qaysi shahar? Javobni bilish!

#3. Ilk suvosti kamerasi ixtirochisi. 

Jak-Iv Kusto dengiz tubida ko‘rganlarini yozib olmoqchi bo'ladi. Buning uchun u qo'lidagi materiallardan foydalanib suvga sho'ng'ish uchun suv o'tkazmaydigan videokamera yig'adi. Kusto o'zining birinchi o'zi yaratgan kamerasi bilan O'rta yer dengizi suv osti hayoti haqida bir nechta filmlarni suratga oladi. Ular orasida "18 metr chuqurlik" va "G'arq bo'lgan kemalar" bor. Keyinchalik uning ixtirosi aniqroq tasvirni beruvchi professional kameralarni yaratish uchun asos bo'ladi.

#4. Kusto butun umri davomida “Kalipso” kemasida ishlagan.
1950 yilda olim Britaniya qirollik dengiz flotidan foydalanishdan chiqarilgan mina qo‘riqlash kemasini sotib olib, uni suv osti tadqiqotlari uchun mobil stansiyaga aylantiradi. Kema vertolyot qo'nish maydonchasi, ilmiy jihozlar, suv osti kuzatuv maydoni, mini-suv osti kemalari va suv osti skuterlari bilan jihozlangan. Kemani sotib olish va uni o'zgartirish biznes magnati Loel Ginnesning moliyaviy yordami tufayli amalga oshiriladi. Kusto kemani to'qib chiqarilgan Ogigiya orolida yashagan qadimgi yunon mifologik nimfasi sharafiga "Kalipso" deb atagan.

Xiaomi haqida siz bilmaydigan faktlar

#5. Jak-Iv suv osti sivilizatsiyasi haqida o'ylagan
Jak-Iv Kusto yerdagi insonlarning haddan tashqari ko'payishi muammosidan xavotirda bo'lgan va okean odamlarning doimiy yashashi uchun mos joy, deb hisoblagan. U bochkalardan uzunligi 5 metr va diametri 2,5 metr bo'lgan birinchi suv osti uyi loyihasini ishlab chiqadi. 1962 yilda O'rta yer dengizida Marsel qirg'og'ida suv osti uyi 10 metr chuqurlikda suv ostida qoladi. Kustoning o'zi va uning ikki tadqiqotchi do'stlari Albert Falko va Klod Uesli bir hafta davomida shu uyning yashovchilari bo'lishdi. 

#6. U uchta “Oskar” va “Oltin palma to‘pini” qo‘lga kiritgan
Dastlab, Jak-Iv Kusto suv osti dunyosini faqat tadqiqot maqsadida suratga oladi, lekin tez orada u keyingi ekspeditsiyalari uchun o'zining noyob materiali orqali pul topishi mumkinligini anglaydi. Olim o'z filmlari yordamida okeanlarning ifloslanishi, brakonerlik va iqlim o'zgarishiga jamoatchilik e'tiborini qaratadi. Kustoning filmlari kino ijodkorlari tomonidan yuqori baholangan va u ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lgan, jumladan, Kann kinofestivalida uchta Oskar va Palma shoxini olgan.

#7. Kusto fashizmga qarshi harakatda qatnashgan
Ikkinchi jahon urushidan oldin Kusto fransuz maxfiy xizmatida ishlagan. U Fransiya qarshilik harakatiga xizmat qilgan italyan qo'shinlarining harakatlari haqida ittifoqchilarga xabar berib bergan. Jak-Iv Kusto xarbiy sifatida bir nechta medallar bilan taqdirlangan.

#8. Kusto Islom dinini qabul qilganmi? Aynan bu mavzu bo'yicha internetda turli xil farazlar bor. Ba'zi manbalar uning Islom dinini qabul qilganligini aytsa, ba'zilari rad etadi. Biz qaysidir manbaga tayanib biror bir ma'lumot keltirishga ojizmiz. Barchasini Alloh bilguvchidir. 

 

Ma'lumotlar va suratlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi.