Adabiyot fanidan - Mirtemir hayoti va ijodi mavzusida ochiq dars ishlanma

Primary tabs

Ta’limiy-o’quvchilarga  adib  hayoti  va  ijodi  haqida  ma’lumot  berish;

Tarbiyaviy-o’quvchilarda  insonparvarlik  tuyg’ularini  tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi-o’quvchilar  dunyoqarashini  kengaytirish,hozirjavobligini oshirish,fikrlashini  o’stirish.

I.                 

DARS  JIHOZI: darslik,tarqatmalar,proyektor,monitor,noutbuk,rag’bat  va  jarima  kartochkalari,rangli  markerlar,asarlar.

II.              

DARS METODI: interfaol aqliy  hujum,klasster,o’yin «Aql charhi”,”Xotira  mashqi”,”Zakovat”

III.          

FOYDALANILGAN  ADABIOYOTLAR: Abdulla  Qahhor   asarlari,Safo  Matchon  “Adabiyot”,darslik(5-7-sinf),Mirtemir  to’plamlari.

VI.DARS  REJASI:

1.Tashkiliy  qism:

a) salomlashish;   b) davomatni  aniqlash.

Darsda  o’quvchilar  4  guruhga  bo’linadi  va  o’z  guruhlariga  nom  tanlashadi.Masalan: “Ma’rifat”, “Tafakkur”,”Ziyo”,”Yosh  adabiyotshunoslar”Tanlangan  nomlar  izohlanadi.Shundan  so’ng  o’qituvchi   bu  darsda  o’quvchilar  guruh  bo’lib harakat  qilishlari,guruhlariga  ball to’plashlari  kerakligini  ta’kidlaydi. Har  bir  to’g’ri  javob  uchun  rag’bat,xato  javob  uchun  jarima beriladi. Dars  yakunida  ballar  hisoblanib,g’olib  guruh  aniqlanadi.

2.Uyga  vazifani  so’rash  va  baholash: Uyga  vazifa  o’tilgan  mavzuni  takrorlash,Abdulla  Qahhorning  “O’g’ri”  hikoyasi  asosida  sahna  ko’rinishi  tayyorlab  kelish.Uyga  vazifani  bajarishda  guruhlar  birlashadi,ya’ni  har  guruhdan 2 o’quvchi  sahna  ko’rinishida  qatnashadi va  o’z  guruhlariga  ball olishadi.

Keyin  har  bir  guruhga  bittadan  test  savoli  beriladi.Testlar  monitorda  ko’rsatiladi.Guruhdagi  o’quvchi  testga javob  bergandan  so’ng  monitordagi  slayd  o’zgarishi ,to’g’ri  javob  boshqa  rangda (masalan,qizil)  berilishi  kerak.Bu  esa to’g’ri javob o’quvchilarning  yodida yaxshiroq qolishiga imkon beradi.Javoblar  baholanib  boriladi.

Ellikqal’aTXTMFT va TEB ga qarashli 10-umumiy o’rta ta’limi maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Ko’palovning  Furqat Samandarovichning 7-sinfda adabiyot fanidan“Mirtemir hayoti va ijodi”mavzusida o’tkazgan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi.

Surat manbasi: ziyouz.uz

Aziz do'stlar! Agar siz ham o'z maqolalaringiz, dars ishlanmalaringiz, ko'rgazmalaringiz va boshqa ishlaringizni www.sadikov.uz saytida BEPUL qo'yilishini istasangiz telegram orqali @sadikov_uz ga murojaat qiling.