O‘qituvchilarining oyligi qachon oshadi?

Главные вкладки

Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, 2017 yil sentyabr oyida mutaxassis toifali o‘qituvchi 1 stavka ish uchun o‘rtacha 900 ming so‘m oylik olar edi. U pulning o‘sha vaqtdagi harid qobiliyatini chamalaydigan bo‘lsak 33-34 kilogramm mol go‘shti (27 mingdan) sotib olish mumkin bo‘lgan. 

O‘qituvchi malaka oshirishdan o‘tmasa shartnoma bekor qilinadi

2023 yilga kelib mutaxassis toifali o‘qituvchi 2 mln 575 ming so‘m oylik oladi. Hozirgi kunda mol go‘shtini o‘rtacha 75-80 ming so‘m deb olsak, 32 kilogramm go‘sht berar ekan. Agar boshqa mahsulotlar narxlari bilan taqqoslasak ham shunga yaqin natija kelib chiqadi. To‘g‘ri oyliklar ancha oshirildi, daromad solig‘i bir muncha tushirildi. Ko‘proq dars soati, oliy toifa, direktor fondi va boshqa qo‘shimcha ustamalar, chekka hududlar, sinf rahbarliklar qo‘shib hisoblanganda bundan ancha ko‘p oylik olish ustozlarning o‘zini qo‘lida. Lekin har kimda ham chekka hududda ishlash imkoniyati yo‘q, direktor fondi ustamasi ham har yerda har xil o‘lchov bilan beriladi. Sinf rahbarlik ham hammaga berilavermaydi. Umumiy olib qaraydigan bo‘lsak, o‘qituvchilar oyligi oshirilyapti lekin inflyasiyadan o‘tib keta olmayapti. Shuning uchun inflyasiyaga nisbatan ko‘proq oshirilishi kerak va hech qanday shartlar, imtihonlar, tanlovlarni nazarda tutmasdan oshirish kerak. Ozod Sharofutdinov aytganidek, mehnatga yarasha haq to‘lanmasa, haqqa yarasha mehnat qilinadi.

Ustama qanday tanlov, musobaqa va tadbirlarda olinadi?

 

Ўқитувчилар ростдан ҳам 6000000 сўм ойлик олишадими?

Manba