Maktab haqida qiziqarli faktlar

Главные вкладки

Telegram kanalimiz

1.School (maktab) so'zi yunoncha «scole» so'zidan kelib chiqib "dam olish" ma'nosini anglatgan. 

факты о школе

Qadimgi Yunonistonda qullar pedagoglar deb atalgan (tarjimasi "bola yetaklovchi"). Qullarning vazifasi o'z egalarini farzandlarini maktabga olib borib, qaytib olib kelib va farzandlarning dars tayyorlashlarini kuzatish bo'lgan. Qullar hatto bolalarni jazolashga haqqi bo'lgan.   

Финляндия мактаблари ҳақида 8 факт

2.1-sentabrda barcha o'quvchilar maktabga boradimi? 

школа интересное

Dunyoning 122 davlatida huddi bizni yurtlarga o'xshab bolalar maktabga 1-sentabrda borishadi. Lekin 43 davlatda o'quv yili 1-yanvardan boshlanadi. Yana 16 davlatda esa o'quv yili martda boshlanadi. Avgust oyida dunyodagi 10 ta davlat bolalari maktabga boradilar. 
 

3. Eramizdan avval VIII - IV asrlarda ko'p joylarda urush bo'lganligi tufayli Spartada maxsus yagona bo'lgan tarbiya usuli o'ylab topilgan. 

факты о школе

Aristotelning bu maktablarga ta'rif berishicha"Lakedemoneda yoshlarning deyarli barcha tarbiya usullari va barcha qonun tizimlari urush maqsadlarida qurilgandir" 

4.Dunyodagi eng qadim tarixga ega maktab bu Morokkoning Fese shahridagi Al-Karauin universitetidir. 

школа интересное

Bu joy asosan musulmonlar uchun diniy joy hisoblangan va toliblarni o'qishga tanlagan. Al-Karauinga Fotima al-Fihri tomonidan 859-yilda asos solingan. Vaqtlar o'tib bu joy tabiiy fanlar bo'yicha eng ilg'or ta'lim maskaniga aylangan. Biroz vaqt o'tgandan so'ng universitetga boshqa matematik fanlar o'qitilishi ham yo'lga qo'yilib, dunyoning eng yaxshi ta'lim maskani nomiga ham ega bo'lgan. 

Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan eng uzun mo'ylov

5. Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining Lakxnau shahrida dunyoning eng katta maktabi joylashgan. 

школа факты

So'nggi yillarda Montessori maktabida 40000 o'quvchi ro'yxatga olingan. Hozirda esa bu raqam 45000 ga yetgan. Maktabda 2500 ta o'qituvchi o'quvchilarni 1000 dona sinf xonasida o'qitadilar. 

6. Finlyandiyada darslarni faqatgina o'qituvchi o'tmaydi, balki uning yordamchisi ham o'qituvchiga yordam beradi. 

факты о школе

"Yordamchi" kasbi Finlyandiyada 80-yillarning boshlarida paydo bo'lgan. Har kim o'ziga xos xususiyatlaridan (nogironlik, kasallik, psixologik xususiyatlar, migrantlar ...) qat'iy nazar, bepul o'rta ta'lim olish huquqiga ega. “Talaba yordamchilari” ishining maqsadi talabaning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish, ulardagi mustaqillikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va ularni to'g'ri yo‘naltirishdir. Finlyandiyada o'quv yili har bir maktabning ixtiyoriga ko'ra 8 dan 16 gacha sentyabrda emas, avgustda boshlanadi. Kurs may oyining oxirida tugaydi. Bolalar haftada besh kun, faqat kunduzi va juma kuni qisqartirilgan maktab kunida o'qishadi. Bayramlarga kelsak, kuzda 3-4 kun dam olish, ikki hafta Rojdestvo ta'tillari, bahorda bolalar bir hafta chang'i ta'tillari va Pasxada bir haftalik dam olish kunlari mavjuddir. 

7. O'qituvchi ayollar ichida eng mashhur kasbdir. 
Rossiyada faqatgina 17% erkak o'qituvchilar bor bo'lib, qolgan o'qituvchilar esa ayol jinsiga tegishlidir. 

школа интересное

Yaponiya va Shveytsariyada o'qituvchilarning 90% erkaklardir. Yaponiyada oshxonalar yo'q, shuning uchun bolalar partada o'tirib, ovqatlanishadi. Xitoy maktablarida bolalar ham o‘z partalarida ovqatlanadilar, o‘qituvchi ham o‘z partasida ovqatlanadi. Oddiy Xitoy maktabining sinfida 40-45 kishi o'qiydi, qishloq maktablarida esa ko'proq - 60 tagacha o'quvchi o'qiydi. Katta shaharlarda boshlang'ich maktabdan boshlab bola uchun haftalik yuklama 42 soat, qishloqda esa - o'rta maktabda - 70 ga ko'tariladi. Bu dasturda o'qituvchi bilan majburiy mashg'ulotlar bo'ladi. Ammo ota-onalarning tanlovi bo'yicha pullik ixtiyoriy darslar ham mavjud bo'lib, ular asosiy sinflar tarmog'idan tashqarida o'tkaziladi. Darslar xuddi biznikiga o'xshab 45 daqiqa davom etadi.

8. Xitoyda darsdan avval majburiy jismoniy mashqlar bor bo'lib, bu mashqlarni bajarish har qanday ob-havoda talab etiladi. 

факты о школе

 

Sulton Abdulhamid haqida qiziqarli faktlar

9. Dunyoning eng qimmat maktabi - "Xonim va janoblarning xalqaro maktabi" ingliz maktabidir. Bu maktabda o'qish uchun bir oyda 68 022$ to'lashingiz lozim bo'ladi. 

факты о школе

Ingliz maktablarida nutq madaniyatini oshirish uchun faqat to'g'ri, adabiy tilda gapirishga ruxsat beriladi. Hatto "salom" so'zni ishlatish ham mumkin emas. 

10. Avstraliyalik professor 2003 yilda tarixdagi eng uzoq darsni o'tib rekordga erishgan. 

факты о школе

Mazkur dars 54 soat davom etib, 15 - 17 aprel kunlari bo'lib o'tgan. Biologiya professori o'z fani bo'yicha ma'ruza o'qigan. 

11. Pazl o'yini XVIII asrda paydo bo'lgan. 

школа интересное

Angliyada, 1761 yilda, London xaritasi sotuvchisi Jon Spilsberi yangi o'quv qo'llanmasi, "bo'laklarga bo'lingan xarita" ni taklif qildi. Maktab o'quvchilarining geografiya bilimlarini tekshirishda ularga dunyoning bo'laklarga bo'lingan xaritasi beriladi va bo'laklarni to'g'ri qo'yib chiqib, xaritani tiklash so'raladi. 

 

Maqola muallifi: Кондратьева Алла Алексеевна, учитель начальных классов МБОУ «Золотухинская средняя общеобразовательная школа» п. Золотухино, Курская область

Maqola rus tilidan tarjima qilindi va tahrirlandi.