Metodik kunlar, fan oyliklarini o‘tkazish tartibi rasman bekor qilindi

Главные вкладки

O‘qituvchilarning metodik kunlari ham fan oyliklarini o‘tkazish tartibi ham rasman bekor qilindi

 

Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan o‘qituvchilarning metodik kunlari, fan oyliklarini o‘tkazish tartibi bekor qilinib, o‘qituvchi ish tajribasini ommalashtirish tartibi onlayn platformaga o‘tkazildi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari Isroil Tillaboyev xabar bermoqda.

«Qizil maktab»da o‘qituvchiga katta miqdorda oylik to‘lanadimi?

Endi o‘qituvchilar belgilangan vaqtda majburan fan oyligini o‘tkazib, hisobotlarni xalq ta’limi bo‘limlariga topshirishi shart bo‘lmaydi. Shuningdek, o‘qituvchilar haftada bir kun qaysidir maktabga o‘quvga borishlari ham shart emas.

 

Endi ular istalgan vaqtda, ixtiyoriy tarzda o‘z ustilarida ishlashi mumkin. Bunday tartibning joriy qilinishi maktablardagi dars jadvali tuzishda kelib chiqayotgan ayrim muammolarning ham oldini oladi.

Ustama qanday tanlov, musobaqa va tadbirlarda olinadi?

 

 

Xalq ta'limi Info