Insholar tanlovi ko’payib ketmoqda, me’yor qani?

Главные вкладки

O‘quvchilar o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazayotgan mutasaddilardan iltimos:

Agar maktab o‘quvchilari o‘rtasida qandaydir mavzuda insholar tanlovi o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz yutuq uchun g‘olib o‘quvchilarga arzirliroq mukofot bering. Shunchaki hisobot yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun tanlov tashkillab, rasmga tushib o‘zingizni ham o‘quvchilarni ham noqulay vaziyatga solmang.

 

«Qizil maktab»da o‘qituvchiga katta miqdorda oylik to‘lanadimi?

Juda ko‘p o‘qituvchilar yozishyapti. Insholar tanlovi haddan ziyod ko‘payib ketgan. Soni ko‘p sifati yo‘q tadbir va tanlovlar talaygina. Kalendardagi har bir kun uchun qandaydir bayram topib, buning uchun o‘quvchilarga insho yozdirish shart emas.

Yomon illatlarga qarshi kurashish uchun o‘quvchilarga tinimsiz insho yozdirish siz o‘ylagandek samara bermasligi mumkin. Misol uchun, insho yozish bilan korrupsiya qarshi kurashib, uni butkul yo‘q qilishning imkoni bo‘lganda, hozir mutlaqo korrupsiyasiz yashayotgan bo‘lardik.

Men, o‘quvchiga mutlaqo insho yozdirmang, bu noto‘g‘ri deb targ‘ib qilmoqchi emasman. Buning foydali jixatlarini juda yaxshi bilaman. Men faqat hamma narsani ham me’yori borligini eslatib qo‘ymoqchiman holos.

Hozirda juda ko‘p tashkilot va muassasalar soxta tanlov va tadbirbozlikka o‘rganib qoldi. Saviyasiz tarzda o‘tkaziladigan tanlov va tadbirlarga esa maktab o‘quvchilari jalb qilinyapti.

 

Tanlovlar aniq belgilangan reja-grafik asosida o‘tkazilmaydi. Kim o‘zini ko‘rsatgisi kelsa, darrov shunaqa tanlov yoki tadbir qilyapti. Tabiiyki shoshilinch o‘tkazilgan tanlovlarga mablag‘ ajratilmaydi. Natijada esa g‘oliblarga bir parcha faxriy yorliq beriladi xolos. U ham berilsa agar…

 

Professional ta’lim muassasalari soni O'zbekistonda nechta?

Shu sababli bir yil uchun belgilangan tadbir va tanlovlar ro‘yxatini tuzib, barchasini aniq reja asosida o‘tkazish kerak. Hisobot, rasm uchun tanlov o‘tkazib o‘zimizni ham, yoshlarni ham aldamaylik. Ziyoli odamlarga bu yarashmaydi.

© Ulug‘bek Po‘latov