Maktablar reytingi qay tartibda aniqlanadi va unda qaysi mezonlar hisobga olinadi?

Главные вкладки

Maktab reytingi. Ma'lumki har yili 1 sentabrga qadar Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumiy o'rta ta'lim muassasalari reytingini e'lon qiladi.

!Maktablar reytingini tuzishda quyidagi 7 ta asosiy mezonlar hisobga olinadi:

 

1. Maktab bitiruvchilarining umumta'lim fanlari bo'yicha tayyorgarligi va ta'lim sifati darajasi. YA'ni 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta'limga kirish ko'rsatgichi va ular tomonidan to'plangan ballar;

 

2. O'quvchilarning bilim darajasi ko'rsatgichi;

O'qituvchilar uchun fan oyligi tadbirlari!

 

3. O'quvchilarning chet tillarini bilish darajasi ko'rsatgichi; 

 

4. Umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagoglarining sifat (salohiyat) ko'rsatgichi. (o'qituvchilardan necha foizi oliy va birinchi toifali o'qituvchilar tashkil etishi);

 

5. O'qituvchilarining chet tillarini bilish darajasi ko'rsatgichi;

O'qituvchilar uchun tadbir senariylari!

6. Umumiy o'rta ta'lim muassasasi o'quvchilari va pedagogik jamoasi o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijasi ko'rsatgichi;

 

7. Ta'lim muassasasida ma'naviy-ma'rifiy va o'quv tarbiyaviy muhit. Ya'ni Prezident ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar.