Endi o'quvchilar maktabga istalgan kiyimda kelishlari mumkinmi?

Главные вкладки

Savol:

Yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilingach ota-onalar uchun ochilgan telegram guruhida ayrim ota-onalar endi bolalarimiz o'zlari istagan kiyimda maktabga borsa bo'laveradimi deb savol beryapti. Yo'q, hozircha qora shim, oq ko'ylakda kelsin desak hamma ota-onalar hukumat qarori chiqibdiku nega yolg'on gapiryapsiz deb bizga e'tiroz bildirishyapti. Ota-onalarni talabi to'g'rimi?

 

Javob:

Ota-onalarning bu talabi mutlaqo noto'g'ri. Yagona maktab formasini joriy etish talabi 2025 yilga qadar uzaytirilgan bo'lsada o'quvchilar ta'lim muassasasiga maktab Ustavida belgilangan ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda kiyinib kelishlari shart.

❗️Xalq ta'limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi buyrug'i bilan tasdiqlangan «Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari»ga ko'ra o'quvchilarga ta'lim muassasasi Ustavida belgilangan formadan tashqari qiyofada, jumladan, o'g'il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, ochiq, tor va tanani shaffof ko'rsatuvchi kiyimda kelishi hamda bo'yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi taqiqlangan.

Shuningdek o'quvchilar toza va orasta kiyinishi, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutishlari lozim. Qisqa qilib aytganda barcha o'quvchilar ta'lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shart.

!Ushbu qoidalarga rioya qilmagan o'quvchilarga nisbatan quyidagi jazo choralari qo'llaniladi:

- o'quvchining qog'oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish;

- qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o'quvchini muassasa ichki nazorat ro'yxatiga olish va yakka tartibda shug'ullanish; 

- ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar)ni muassasaga taklif qilish,  “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish; 

- farzandi tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalarning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig'iniga ma'lumot yuborish; 

- o'quvchilarning ota-onasiga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan tegishli ma'muriy javobgarlik choralarini qo'llash.

 

Xalq ta'limi Info