XTVdan esselar tanlovi!

Главные вкладки

Xalq ta’limi vazirligi esselar tanlovini e’lon qiladi

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida “Ma’rifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovini o‘tkazmoqda.

Tanlovda Xalq ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari 2 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:

- Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili fani o‘qituvchilari.

- Ta’lim tilidan qat’iy nazar barcha fan o‘qituvchilari.

 

Tanlov 2022-yil 26-sentabrdan 21-oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi. 

 

Tanlovning maktab bosqichi 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Tanlov g‘oliblari 21-oktabr —O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana arafasida aniqlanadi.

Batafsil ma’lumotlar vazirlikning rasmiy sahifasida.