Bahor haqida sherlar

Главные вкладки

Bahor haqida sherlar - Bahor keldi seni so'roqlab, bahor fasli, bahor, bahor kelmush, bahor haqida va boshqa sherlar sizga taqdim etilmoqda. 

Bahor keldi seni so‘roqlab – Zulfiya

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.

Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.

O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…

So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.

Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:

«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?

O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.

 

Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas. 

Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

Bahor fasli


Uchib yurar mayin shamollar,
Yelpib-yelpib anhor yuzini.
Qirg‘oqlarda soyabon tollar
Oyna-suvda ko‘rar o‘zini.
Tong yellari o‘ynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yo‘qolar.
Maysa o‘tlar tebranib sekin,
Orqasidan kuzatib qolar.
Chumchuqlarning og‘zida cho‘p-xas,
In qo‘yishar tutlar ustiga.
Ko‘kni quchgan teraklar tinmas,
Oro berar kulrang po‘stiga.
Bedapoya, yam-yashil o‘tloq,
Chinorlarda qushlar chug‘urlar,
Ko‘klam ko‘rkin ko‘rdingmi, o‘rtoq,
Chamanzordek hammayoq gullar.

 

Bahor — Zulfiya sheri

Inson ko‘zlarida jon olar bahor,
Barcha tomirida uning to‘lqini.
O‘tmishning behuda oni kabi qor,
Beiz, bedard erib ketar uchquni.

Inson ko‘zlarida jon olar bahor,
O‘yinqaroq go‘dak singari bulut.
Ko‘k qovog‘i uyuq, yorqin bir viqor,
Kishilar qalbidan boqar bo‘lib o‘t.

Bahorning sehrgar boqiy chiroyi,
Yosh-u keksa ko‘nglin ovlaydi birdek.
Ko‘zguni sindirib tashlar. Chiroyi
Har kishining yoshi bu fasl dildak.

Har nurga, har qushga, har kurtakka shod,
Benihoya yaqin bo‘ladi yiroq.
Go‘yo sensiz hosil bo‘ladi barbod,
Har tikilgan chigit ko‘ksing etar tog‘.

Bahor bo‘lmasaydi, odamzod albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

"So'nggi qo'ng'iroq" tadbir senariylari

songgi qongiroq

Bahor kelmush

Gar uyg‘onsam, erta nahor, bir ajoyib, ifor kelmush,
Bu tun kim -chun, bemorligu, kim uyqusiz, bedor kelmush.
Yuzim chaysam zavq olurman, har chog‘u, har lahzalarda,
O‘ziga xos viqor bila, suvlar to‘la anhor kelmush.

Qaldirg‘ochning chug‘uri ham shu elning zo‘r shukronasi,
Xush ovozli bulbul ila sho‘xu-shodon bir tor kelmush.
Qanttak o‘rik novdasiga bog‘labon zar kokillarin,
Go‘yo atrof yoritguvchi Oy yuzli yor, dildor kelmush.

Bu o‘lkaki jannatmakon, ta’rifi ming tilda doston,
Aytingizchi shu el ichra, qay bir dilga g‘ubor kelmush?
Ey Sherzod xo‘p alqading sen ne sababdin diyoringni?
Chunki do‘stlar yurtimizga kelinchak hur bahor kelmush!

Sherzod Komil

Bahor

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahor haqida

Ko‘kka quyosh bo‘y cho‘zib,
Ta’ftin asta oshirar.
Bahor nafasin sezgan,
Qish ziynatin yashirar.

Bosh ko‘tarib maysalar,
Yashnaydi bog‘-u rog‘lar.
Xar bahor bu pallalar,
Eslatar yoshlik chog‘lar.

Zamin uzra yangidan ,
Xayot boshlanar go‘yo.
Xar yili mart oyidan,
Qayta tug‘ilar dunyo.

Go‘zallik va nafislik,
Ishq fasli bu betakror.
Xar qanday muz yurakga,
Iliqlik berar baxor!

 

Abdumutalib Ergashaliev

Bahor keldi o’lkamizga

Bahor keldi o’lkamizga

Yana keldi qaldirg’och

Humo qo’ndi yelkamizga

Borliq bizga bag’ring och

Bahor fasli tarovatin

Shunda bildim tabiat

Qish ketib bahor keldi

Quyosh bobo nuring soch

Bahor kelinchak misol

Sepin yoydi olamga

Ko’rib ko’zing quvnaydi

Boychechagu lolamga

Sen yaproqdagi shabnam

Fasllarning sarasi

Qo’y qo’zilar o’tlagan

Yaylovlarning egasi

O’zingdir olam ko’rki

Fasllar kelinchagi

Bolasi orom olgan

Kelinchak belanchagi

Senda hayot mujassam

Sen yasharish faslisan

Yangi yil ibtidosi

Yorqin hayot aslisan

Bahor sog‘indim seni — Abdulla Oripov sheri

Sizib chiqar ko‘zimdan sog‘inch,
Kelgin bahor sog‘indim seni.
Sezilar har so‘zimdan sog‘inch,
Kelgin bahor sog‘indim seni.

Qanday nafis, ex qanday dilgir,
Qabog‘imda asta qor erir,
Kelib dardli hayotimda bir,
Kulgin bahor, sog‘indim seni.

Bir yon g‘urbat, bir yonda tuhmat,
Hayotimga solmoqchi zulmat,
Hech yo‘q bir sen menla hamsuhbat,
Bo‘lgin bahor, sog‘indim seni!

Boshda sarson paydar-pay o‘yim,
Sezilmaydi senla qayg‘uyim,
Sen ketgandan buyon rang ro‘yim,
So‘lg‘in… Bahor sog‘indim seni!

Tabiatning ko‘zlari yumuq,
Boshqalardan mening ko‘nglim to‘q,
Sendan boshqa sog‘inganim yo‘q,
Tushun bahor sog‘indim seni!

Bilgandirsan holim hoynaxoy,
Tunlar menla birga yig‘lar oy,
Kelaqolgin, kelgin bahoroy,
Bugun bahor sog‘indim seni,

 

Gulgun Bahor sog‘indim seni,
Eh «Gulbahor» sog‘indim seni!

Bahor shamoli — Abdulla Oripov sheri


Bahor kelayotir, toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shaharda yotmoqlik malol.

Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanar chechak.
Bahor, bu — eng toza shabbodadir bu,
Bahor, bu — eng toza shamoldir, demak.

Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim.
Go‘dak nafasidek yupatar yuzni,
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.

Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.