"Vatan himoyachilari kuni" tadbir ssenariylari, slaydlar, mp3lar, sherlar

Главные вкладки

Узнайте больше на нашем телеграм канале 

 Vatan himoyachilari kuni, 14-yanvar kuniga tadbir ssenariylari, slaydlar, mp3lar, sherlarni yuklab olishingiz mumkin. pdf, doc, mp3

Fayl nomi Yuklab olish Fayl turi
14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga  Yuklab olish Ssenariy
"Vatan himoyachilari kuni"ga  Yuklab olish Ssenariy
14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga  Yuklab olish Ssenariy
Mardlik va jasorat darslari Yuklab olish  Dars ishlanma
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni!... Yuklab olish Ssenariy
Tadbir 14 yanvar uchun Yuklab olish Ssenariy
14-Yanvar uchun buklet Yuklab olish Buklet
14-Yanvar uchun taqdimot Yuklab olish Slaydlar
Vatanimiz posbonlari Yuklab olish Ssenariy
Biz vatan shunqorlari Yuklab olish Ssenariy
День защитников родины Yuklab olish Открытки
O'zbekiston askarlari Yuklab olish Ssenariy
Bizlar kichik askarlar  Yuklab olish Ssenariy
Senga posbonmiz vatan Yuklab olish Ssenariy
14-Yanvar tadbiri uchun tavsiya Yuklab olish Tavsiya
Tinchlik barqaror bo'lsin Yuklab olish Ssenariy
Vatan himoyasi muqaddas burch Yuklab olish Ssenariy
Mardlar qo'riqlaydi vatanni Yuklab olish Ssenariy

14 января - День защитников Родины

Yuklab olish Сценарий

Vatanimga tayanchman

Yuklab olish Slaydlar

Vatan himoyachilari kuni

Yuklab olish Slaydlar
 Vatan himoyachilari kuniga sherlar (manba)  Yuklab olish Sherlar
Branjilet ostida ham yurak bor Yuklab olish Mp3
Harbiy qasamyodi Yuklab olish Mp3
Marat Hakimov - Mardlar safidamiz Yuklab olish Mp3
Mudofa harbiylari qo'shig'i Yuklab olish Mp3
O'ktam Kamalov - Ofiserlar Yuklab olish Mp3
O'zbek askarlari Yuklab olish Mp3
Ozodbek Nazarbekov - Mendirman o'sha Yuklab olish Mp3
Ravshan Sobirov - Askar Yuklab olish Mp3
Sardorbek - Askar maktubi Yuklab olish Mp3
Setora - Ajdodlar ruhi Yuklab olish Mp3
Sherzod Nabixo'jayev - Fidoiylar Yuklab olish Mp3
Xusniddiy Halimqulov - Vatan uchun Yuklab olish Mp3
Yulduz Abdullayeva - Askar sevgiling intizor Yuklab olish Mp3
 Yulduz Abdullayeva - Leytenant Yuklab olish Mp3

 

14-yanvar vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan she’rlar to’plami

-Эркаклар бўлмаса айтилмас азон,
-Эркаклар бўлмаса қайнамас қозон,
-Эркаклар бўлмаса чақалоқ қайда,
-Эркаклар бўлмаса шапалоқ қайда,
-Эркаклар бўлмаса мўйлов қайдадир,
-Эркаклар бўлмаса куёв қайдадир,
-Дунё тургунча турсин эркаклар,
-Доимо хурматда юрсин эркаклар! 
 
*******************************************
Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!
 
Duosi, so‘zlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha!
 
Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.
Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha.
 
Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi –
Intizor yoringni asra hamisha!
 
Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,
Oringni – boringni asra hamisha!
 
********************************************
 
Қай маконда қай томонда,
Тиними йўқ шом азонда,
Не бўлса хам иссиқ жонда, 
Йигит боши омон бўлсин.
 
Доим дейди уйим жойим,
Халол мехнат қилсин доим,
Ризқин улуғ қил худойим, 
Йигит боши омон бўлсин.
 
Боши ғамдан эгилмасин,
Ғурурсиз орсиз бўлмасин,
Йигит хеч қачон синмасин,
Йигит боши омон бўлсин.
 
Асра тақдир хатосидан,
Сақла шайтон иғвосидан,
Ота она дуосидан,
Йигит боши омон бўлсин.
 
Насиб эт бир вафоли ёр,
Хамрох бўлсин бахт-у иқбол,
Доим бўлсин тоълейи ёр,
Йигит боши омон бўлсин.
 
Эй яратган карами кенг,
Сен барчага баробар тенг,
Шу ўтинчим аввало энг,
Йигит боши омон бўлсин.
 
********************************************
 
 
Эркакдан омадни аяма фалак, 
Жонини асрагил, этмагил халак. 
Омадни қўш-қўш бер, бахтини бекам, 
Номардга зор этма, кўрмасин алам. 
 
Эркакдан омадни аяма ҳаёт, 
Муҳаббат қасрин ҳам этмагин барбод. 
Ишига унум бер, ҳамёнига пул, 
Билагига куч бер, эй қодири дил! 
 
Майлига ҳар замон ичиб "шер” бўлсин, 
Майсага ағанаб усти кир бўлсин. 
Кайфи ўтиб кетар йигитчиликда, 
Ер бўлмасин фақат, фақат эр бўлсин! 
 
Тан-жони соғ бўлсин, тўрт муччаси соғ, 
Уйидан бахт топсин, кайфи бўлиб чоғ. 
Оғзига ош бер-у, кўзга ёш берма, 
Мард эркак хор бўлса фалак-дош берма! 
 
Номардга зор қилма, душманига хор, 
Шаънини букмасин, ҳеч қайси дилдор. 
Сен унга қудрат бер, кўнглига ғурур, 
Токим йиқилмасин юрагида ор. 
 
Ҳиёнат этмасин ёри бериб панд, 
Оёғидан чалмасин ҳеч қайси номард. 
Аёлдан қолмасин дилдаги доғи- 
Аллоҳим, асрагин бўлиб паноҳи. 
 
********************************************

 

O’zbekiston Askari 
Qadamingdan o‘t chaqnar 
liboslaring yarashar, 
Ko‘rganlar xavas qilar- 
O’zbekiston Askari! 

Sen o‘z o‘rning sardori 
Ximoyangda yosh-kari 
Sergak turgin, charchama, 
O’zbekiston Askari! 

Tomirda qaynoq qoning, 
Qadrlidir xar oning, 
Oshgay shuxrat va shoning- 
O’zbekiston Askari! 

Ardoqlagin Vatanni 
Bag‘ishlab jonu tanni 
Yo‘latmagin dushmanni 
O’zbekiston Askari! 

Ozod yurtim bor, deb ayt 
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt, 
Faxr aylab bitgum bayt- 
O’zbekiston Askari! 

 

********************************************

 

Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki 
Naslning javhari, davlat tayanchi, 
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi, 
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi. 
Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q, 
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat, 
Qizlar kulgusida avju daromad, 
Chollar uyqusida jannat, farog‘at.

 

Manba

 ********************************************

Vatan haqida sher

********************************************

Bizlar jajji askarlar,

Yurt posboni navkarlar.

Yovga qilmaymiz shafqat ,

Qo’rqmas botir , shunqorlar.

 

Yelkamizda avtomat,

Turib navbatma-navbat.

Qo’riqlaymiz sarhadni,

Misli alpomish kelbat.

 

Jajji askarmiz hali,

Ko’rganlar aytar balli.

Vatan ishonar, uning,

Biz ertasi, iqbolli.