Telegram asoschisi Pavel Durov pul haqida

Главные вкладки

«Mening hayotimda qasrlar, sport avtomobil va shaxsiy samolyotlar jamlanmasini qidirayotganlar juda  qattiq yanglishadilar. 

Menda na avtomobil, na shaxsiy samolyot va na uyim bor. Mening dunyom - bu piyoda, metroda yurish, 18-20 kvadrat metrdan iborat ijara uydan iborat. Mening o‘rnimda bo‘lishni xohlaydiganlar butunlay alkogoldan, go‘sht va qimmat kiyimlardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. 

Hali kambag‘al talaba bo‘lib oliygoh yotoqxonasida turganimdan beri takrorlayman, pul bu juda katta baho berilgan material dunyo elementi xolos. Hammasi ichki holatga bog‘liq va u har narsadan ustun. Milliardlab pullari bor korrupsionerlarga qarang, ularda ichki xotirjamlik yo‘q, topgan pullarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun barcha narsadan hatto hayotidan voz kechadi. 

Pulni asosiy element deb hisoblashni boshlagan zahoti siz ichki xotirjamlik va hayotni qimorga tikasiz va qimorda yutqizib qo‘ymaslik uchun yana va yana hayot degan xazinadan qarz olaverasiz. Bir kun hayot sizga qarz berishdan charchaydi va siz hammasini yutqizasiz. Qimor stoli atrofiga boshqalar keladi. 

Kapitalistik jannat deb nomlangan dunyo sizga qanchalik ko‘p narsang bo‘lsa, shunchalik baxtli bo‘lasan degan g‘oyani sotadi. 

Qadimdan shunday gap bor: “Qul hech qachon ozod bo‘lishni xohlamaydi, u o‘z shaxsiy qullari bo‘lishini xohlaydi”. Inson “qul va xo‘jayin” paradigmasida qolar ekan, hech qachon baxtli bo‘la olmaydi. Bu sistemada “har qanday odam kimningdir quli, har qanday qul esa kimningdir xo‘jayini” hisoblanadi. 

Pulning quli bo‘lar ekansiz, hech qachon o‘z hayotingizning xo‘jayini bo‘la olmaysiz. Qimor stolida esa navbat kutib turganlar kun sayin ortib bormoqda. 

Hozirda Pavel Durovning boyligi 3,4 mlrd dollar. Uning birorta ham o‘z uyi yo‘q. Avtomobili ham yo‘q. Samolyoti ham yo‘q. Asosiy transport vositasi metro. Asosiy mashg‘uloti kitob o‘qish. Go‘sht umuman yemaydi. Asosan arzon va qulay kiyim do‘konlaridan kiyinadi.

 

Surat manbasi: www.fortune.com