Noyabr va dekabr oylari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Главные вкладки

 Fuqarolardan kelib tushgan murojaat va takliflardan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari noyabr va dekabr oylarida ham o‘tkazilishi belgilandi.

 

Bunda test sinovlari noyabr oyida ingliz, nemis va fransuz tillaridan, dekabr oyida esa ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

 

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

 

Bunda talabgorlar noyabr oyi uchun 8-noyabrga qadar (barmoq izi topshirish 8-10-noyabr kunlari), dekabr oyi uchun esa 28-noyabrga qadar (barmoq izi topshirish 29-30-noyabr kunlari) ro‘yxatga olinadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

 

Test natijalariga ko‘ra B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

 

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.