“Superkontrakt"ning minimal miqdorlari belgilandi

Главные вкладки

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlandi deb xabar berdi gazeta.uz.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning (“superkontrakt”) minimal miqdorlari tasdiqlandi (PDF), deya xabar qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

“Superkontrakt"ning minimal miqdorlari 2021/2022-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan olingan.

Shuningdek, “superkontrakt"larning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022 o‘quv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llanilishi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgilandi.