“APTIS for teachers” test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Главные вкладки

Davlat test markazi va Britaniya Kengashi tomonidan “APTIS for teachers” test sinovlari 2020-yil 7-dekabrda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Test sinovida qatnashish uchun o‘qituvchilar 2020-yil 17-noyabrdan 4-dekabrga qadar Davlat test markazining rasmiy sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

- Test sinovida qatnashish uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravarini tashkil qiladi.

- O‘qituvchilar uchun eslatma bilan Davlat test markazining rasmiy https://dtm.uz/page/eslatma_aptis saytida tanishishingiz mumkin.

!!! Davlat test markazi va Britaniya Kengashi hamkorligida o‘tkaziladigan APTIS for teachers imtihoni asosida C darajaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning bazaviy oylik maoshiga tegishliligi bo‘yicha 15 yoki 30 foiz ustama belgilanadi.