Soatbay soatlar uchun ustama berilmaydimi?

Главные вкладки

Soatbay soatlar uchun ustama berilmaydimi? 

Dars soatim 28 soatni tashkil etadi bu 1.5 yarim stavkaga yaqin. Menga 1 stavka ya‘ni 20 soat dars uchun ustama to‘lashmoqchi. Qolgan 8 soat darsga to‘lanmas ekan. Shu to‘g‘rimi??? Ustama haqidagi qarorda o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasida to‘lansin deya takidlangan. Aynan 20 soat uchun emas. Shunga aniqlik kiritib bersangiz...

!O‘rta maxsus ma’lumotlilar maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlay oladimi? Javobni bilish

YURIST JAVOBI:

Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida NIZOMda , xodim tomonidan, asosiy ishdan tashqari, o‘sha tashkilotning o‘zida shtat lavozimini egallamasdan boshqa ishni bajarish, shu jumladan:

umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar o‘qituvchilari tomonidan kabinetlarga, laboratoriyalarga mudirlik qilish bo‘yicha vazifalarni bajarish, to‘garaklarga rahbarlik qilish, shuningdek ular tomonidan belgilangan yuklamadan ortiq o‘quv-tarbiyaviy ishlarni bajarish;

ishning ushbu turi bo‘yicha ish vaqti normal davom etishining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda mehnatga soatbay haq to‘lanadigan pedagogik ish;                                                                                                                       

Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish yillik, choraklik va oylik ish rejalariga asoslangan. Yillik ish rejasi o‘quv, tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti sarfi ko‘rsatilgan holda ularning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.  O‘qituvchilarning yillik ish rejasi choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlangan bir yildagi 1548 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi. Alohida hollarda xalq ta’limi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qo‘shib olib borishga, shuningdek o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda lavozimlarni birga qo‘shib olib borish bo‘yicha ish vaqtining jami davom etishi mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan, ya’ni yil mobaynida 774 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

 

Shuningdek, O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida

NIZOMda 25 bandida Byudjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo‘yicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va byudjet tashkilotlarining mehnatga haq to‘lash fondida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida to‘lanadi. Ichki o‘rindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish bo‘yicha va o‘rindoshlik asosidagi ish bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki o‘qituvchilarning   yillik ish rejasi choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlangan bir yildagi 1548 soat miqdoridan ortiq o‘qitiladigan soatlar uchun soatbay hisobidan to‘lanadi.

Soatbay o‘qitilgan dars soatlari uchun ustama to‘lanmaydi.

 

@Yurist_Xizmati