Рекомендации

Bolani jazolash o‘rnini bosadigan 5 ta usul

 
Har bir oilada shunday qoidalar bo‘ladiki, ularga rioya qilmagan bola ma’lum jazo bilan "taqdirlanadi”. "Deti.mail.ru” bolalarni shafqatsiz choralarni qo‘llamasdan turib jazolash usullarini keltirib o‘tdi. Ular bolaning xulqini tuzatadi, ammo shu bilan birga, uning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazmaydi.
 

"Jarima” ishlari

Английский

Qo‘limizdagi behisob ne’matlarga shukr qilaylik!

O‘qituvchi mudir xonasini eshigini jahl bilan ochib, o‘quvchini mudir tomon itarib yubordi. O‘qituvchi tinmay o‘quvchini haqoratlar edi.

Mudirga Marhamat, ko‘rib qo‘ying, kiyinish uslubiga nazar soling, - deya o‘quvchining ko‘ylagini engidan ko‘tardi.

O‘quvchi oqib tushayotgan ko‘z yoshlarini yashirdi. Mudir esa hayratdan turgan joyida tikilib turardi. O‘qituvchi (nazarida) «qurbonlik»ni «jallod» ga topshirib chiqib ketdi.

Английский

Ota – onalarga tavsiyalar.

Hech kimga sir emaski, bugungi kun bolalari o’zlarining yigirma yil oldingi tengdoshlaridan farq qilishadi. Hozirgi yoshlar tez ta’sirlanuvchan, musaqillikka moyilligi yuqoriligi va shu bilan birga nisbatan befarq, o’z vaqtlarini mazmunli ijtimoiy foydali faoliyatga sarflagilari kelmaydi. Vaholanki inson tabitan o’ziga xos oson va ko’ngilochar mashg’ulotlarga moyil bo’ladi. Inson xulq-atvori tarkibining aksariyati tabiiy instinktlari tazyiqi ostida bo’lishini inobatga olinishi kerak. Ushbu tazyiqlarni to’g’ri muvofiqlashtirish insondan irodaviylikni talab qiladi.

Английский

Farzandingizni televizor va kompyuter xavfidan saqlang!

Olimlarning fikriga qaraganda oxirgi paytlarda ijtimoiy muammoli bolalar bilan bog’liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular sonining keskin oshganligi ta’kidlanadi. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash mumkin, ya’ni, hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi (uzluksiz televizor ko’rish, kompyuterdagi har xil o’yinlar epizodlariga taqlid qilish, Internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirishi) yoki kattalarning e’tiboridan chetda bo’lishi, oiladagi krizis va hokazolar.

Английский

Bolaning maktabdagi 6 muammosi

Kichik masalalar bolalar nazdida juda ulkan muammodek ko’rinishi mumkin. Shu sababdan ularni hal etishda sizning yordamingiz va qo’llab-quvvatlashingiz g’oyat muhim. Xo’sh, bolalar ruhiyati bilan bog’liq vaziyatlarda qanday yo’l tutishimiz kerak? Bu haqida psixolog Shahnoza Xalilova tavsiya beradi.

1.Agar maktabga borishni istamasa…

Английский

Yugurishning 8 foydasi

 Yurak hamda qon-tomir tizimi uchun foydali. Muntazam yurugish bu a`zolarning yanada mustahkam ishlashiga yordam beradi.

Qonning kislorod bilan to`yinishiga ko`maklashadi. Jismoniy mashqlarni bajarishga ko`nikkan insonning yuragi kam harakat kishilarga qaraganda ko`proq qon haydaydi. Qon aylanish tezlashadi, organizmga kislorod ham ko`proq keladi.

Organizmning endorphin gormonini ishlab chiqarishga yordam beradi. Bu gormin kayfiyatingizning ko`tarinki bo`lishiga xizmat qiladi.

Английский

Maktab o’quvchisiga uyali telefon kerakmi?

Hech kim farzandiga yomonlik istamaydi. Ammo, ba’zan ularga qilayotgan mehribonligimiz, g’amxo’rligimiz panasida bilib-bilmay yomonlik qilib qo’yaayotgan bo’lsak-chi? Xususan, so’nggi o’n yillikda hayotimizning ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurgan mobil telefonlar bolalarimiz uchun ham begona emas. Hattoki, ular mobil telefonlarning imkoniyatlarini o’zlashtirishda kattalardan ko’ra ilg’or. Ammo, tanganing ikkinchi tomoni bor-ki, bu haqida dunyo mutaxassislari bong urishni boshlagani allaqachonlar edi.

Английский

Bolaga uy vazifasini bajarishga yordam berish kerakmi yoki yo’q?

Ba’zi birinchi sinf o’quvchilari ota-onasining yordamisiz uy vazifasini bajara olishmaydi. Ammo bolalar maktabda berilgan uy vazifasini o’zlari bajarishlari lozim va ular buni qila olishadi. Keyingi maslahatlar shunday tartibda sanab o’tilganki, har bir keyingi maslahat oldingisiga qaraganda jiddiyroq ko’makni nazarda tutadi.

Английский

Farzandingizning ko’zlarini asrang!

Bolalikdan ko’zni asrash muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning ko’zlarini asrlash va himoya qilish haqidagi savollarga "SAIF-Optima”ko’z shifoxonasi shifokori-okulist Samandarova Nilufar batafsil javob beradilar. Maqola so’ngida ko’zlarimiz uchun foydali mashqlar va videoni yuklashingiz mumkin.

Английский