Новости

«Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rin!

 Assalomu alaykum qadrli hamkasblar, aziz o’quvchilarim va menga qadrdon bo’lib qolgan ota – onalar. Bugun siz bilan men uchun juda quvonchli xabarni bo’lishmoqchiman. Entt.uz onlayn blogim "Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2016” ko‘rik-tanlovining, «Eng yaxshi o’qituvchi veb – sayti» nominatsiyasi bo’yicha 1 – o’rinni egalladi. Yaratganga shukr-ki, meni necha – necha oylik mehnatlarim oqlandi va o’z natijasini berdi.
Английский

«Eng yaxshi dars ishlanma» ko’rik tanlovi natijalari e’lon qilindi

Ma’lumki Xalq Ta’limi Vazirligi Tizimi orqali shu kunlarda o’qituvchilar uchun bir nechta tanlovlar e’lon qilinib kelmoqda. Ulardan biri «Eng yaxshi dars ishlanma» ko’rik tanlovidir. Mazkur tanlovda qatnashgan o’qituvchilarning ishlari bir necha oy davomida ko’rib chiqildi. Natija esa e’lon qilindi. Marhamat, tanlov natijalarini ko’rish uchun shu yerni bosing: Tanlov natijalari

Английский

1-sinflar uchun elektron «Alifbe» dasturi ishlab chiqildi

O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi dasturchilari tomonidan shu kunlarda 1 – sinf o’quvchilari uchun "Alifbe” electron dasturi yaratildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining saytida xabar berildi.

Английский