Новости

Maktabimizda "Kichik akademiya" o'z ishini boshladi

Noyabrning 8 - sanasida Umid IDUMIda malakali ustozimiz Suyundukova G. S. boshchiligida maktabimiz va shahrimizning ayrim maktablaridan kelgan "kichik akademik"larni taqdimotlarini eshitish bo'yicha tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Ingliz tilida ravon so'zlaydigan o'quvchilarimiz o'z mavzularini tinglovchilarga qisqacha bayon qilib berdilar. Taqdimotlardan so'ng "kichik akademiklar" ma'lumotnoma va kukrak nishonlari bilan taqdirlandilar. Barcha uchun zavqli o'tgan mazkur tadbirdan olingan suratlarni quyida ko'rishingiz mumkin. 

Английский

ITEC 2017 Noyabrning 7 - sanasida nishonlandi

Mazkur yilning 7 - Noyabrida kamina Miran xalqaro mehmonxonasida bo'lib o'tgan ITEC day celebration tadbirida qatnashdim. Hindiston elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda 200 dan ortiq ITEC dasturi bo'yicha Hindiston davlatida malaka oshirib kelgan turli soha vakillari yig'ildilar. Ajoyib taqdimotlar va musiqali chiqishlardan so'ng yaqin do'stlarimiz bilan hind diyorining mazali taomlaridan iste'mol qildik. Mazkur tadbir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Quyida tadbirdan olingan suratlardan bahramand bo'lishingiz mumkin. 

Английский

1 martdan boshlab umumta'lim maktablarida "Ota-onalar bilan muloqot xonasi" tashkil etiladi

 

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan ko'rib chiqish, fuqarolarning ta'lim oid huquqlarini ta`minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda, xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi, vazirlik "ishonch telefoni” va hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralarida tashkil etilgan virtual qabulxonalar orqali fuqarolarning murojaatlari qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Английский

Xalq ta'limi vazirligining telegram kanali haqida bilamizmi?

Aziz hamkasbim, bugun siz bilan Xalq ta'limi vazirligining rasmiy telegram kanali haqida so'zlashmoqchiman. Mazkur kanal ochilganiga 1 yil vaqt bo'lganiga qaramay uning a'zolari bor yo'g'i 794 ta ekan. Qani bizning 10 000 lab songa ega bo'lgan o'qituvchilar? XTVning kanaliga ulanishimiz zarur. Bizning doiramizdagi xabarlarni tezlik bilan olish imkoni aynan shu yerda. Kelinglar, bir g'ayrat qilib, shu kanalni boshqa xususiy kanallardan yuqoriga olib chiqaylik!
Kanalga ulanish:
Английский

O‘zbekistonda 2869 nafar ingliz tili o‘qituvchisi professional malaka tekshiruvidan o‘ta olmadi

Yurtimizda 3–12 yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ingiz tili o‘qituvchilarining bilim darajasi va professional mahorati tekshiruvdan o‘tkazilgan, deb xabar berdi Kun nashri.

Natijalarga ko‘ra, umumta’lim maktablarida ingliz tilidan dars berayotgan 2869 o‘qituvchi professional malaka imtihonidan o‘ta olmagan. 17 250 (umumiy hisobdan 89,5 foizi) nafar o‘qituvchi esa bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov xabar beradi.

Английский

Fan nomzodi “Alifbe” darsligidan 16 ta xato topdi! Ammo ularni tuzatib qo‘yishi uchun muallifga ko‘rsatmoqchi emas…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev 2017 yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilib, fuqarolarga erkin fikr va ochiq munosabat bildirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ushbu imkoniyatdan o‘z o‘rnida ijodiy foydalanish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchi hisoblanadi. Aytilgan fikrninghaqqoniyligi va to‘g‘riligi uchun har bir kishi mas’uldir.

Английский

O‘qituvchilarimiz Buyuk Britaniyada malaka oshirishdi

Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha joriy 2016-yilda o'tkazilgan "Eng yaxshi o'qituvchi" tanlovining respublika bosqichida eng yuqori natija ko'rsatgan 42 nafar maktab o'qituvchilari 2017 yilning 20-yanvar – 3-fevral kunlari Buyuk Britaniyaning Glazgo Kaledonian (Glasgow Caledonian University, Scotland) universitetida xizmat safarida bo'lishdi.

Английский

kids.gov.uz – o’quvchilar uchun ajoyib yangilik!

 

Aziz o’quvchim!

Siz hali bolalar va o’quvchilar uchun yaratilgan www.kids.gov.uz ga tashrif buyurmadingizmi?

Unda shoshiling. Aynan siz uchun mo’ljallangan ma’lumotlar, o’yinlar bu yerda juda ko’p. Hurmatli o’quvchilarim sizga bu saytga tashrif buyurib ma’lumotlar olishingizni tavsiya qilaman.

Английский