O‘zbekistonda 2869 nafar ingliz tili o‘qituvchisi professional malaka tekshiruvidan o‘ta olmadi

Главные вкладки

Yurtimizda 3–12 yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ingiz tili o‘qituvchilarining bilim darajasi va professional mahorati tekshiruvdan o‘tkazilgan, deb xabar berdi Kun nashri.

Natijalarga ko‘ra, umumta’lim maktablarida ingliz tilidan dars berayotgan 2869 o‘qituvchi professional malaka imtihonidan o‘ta olmagan. 17 250 (umumiy hisobdan 89,5 foizi) nafar o‘qituvchi esa bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov xabar beradi.

Tekshiruvdan o‘ta olmagan xodimlar uchun favqulodda malakani oshirish kurslari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda, mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida 389 740 nafar o‘qituvchi faoliiyat olib boradi