«Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman» interaktiv uslub metodikasi

Главные вкладки

«Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman», qisqagina BBB — interaktiv uslub bo‘lib, yangi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ta’limda qo‘llaniladi. Birinchi bo‘lib ushbu uslub 1986-yilda, chikagolik professor Donna Ogl taqdimotida ishlatilgan. Keyinroq ushbu uslub ta’limda faol ishlatila boshlandi.

Sinf o‘quvchilari beshta guruhga bo‘linadi va guruhlar nomlanadi. YOzuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman» degan so‘zlar yoziladi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilardan mavzu yuqasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman» nomli bandga yozib qo‘yadi.      Ushbu harakat guruhlar tomonidan fikrlar to‘la bayon etilgunga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlaming barcha a’zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto‘g‘ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday harakat o‘quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi).

       Keyingi bosqichda o‘quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi. Ushbu matn mavzu bo‘yicha eng asosiy tushunchalami o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so‘ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma’lumotlar o‘zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O‘quvchilar o‘z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi.

     So‘ngi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilaridan yangi mavzu bo‘yicha qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirish istagida ekanliklarini so‘raydi va o‘quvchilami yana o‘ylashga da’vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so‘raladi. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman» nomli ustunga yozib boriladi. Namuna sifatida quyidagi jadvalni keltiramiz:

Bilaman Bilib oldim Bilishni xohlayman
     

    Masalan: Matn o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilar yakka tartibda (7 daqiqa) matn bilan tanishadilar. So‘ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to‘ldiradilar.