Блог

"Ertug'rul" seriali haqida fikrlarim

Камина, “унча бунча” сериал шайдоси эмаслигимни фикрларимни баён қилишдан аввал айтиб қўйишни жоиз деб топдим. Лекин шу кунларда телевизорларимиз орқали намойиш қилинаётган Эртуғрул сериалини кўриб, унга “касал” бўлиб қолдим десам лоф бўлмайди.

Английский

Bola xulqining yomonligiga faqat o'qituvchi aybdormi?

O’qituvchi sifatida o’z darslarimda ko’pgina vaziyatlarga duch kelaman. Ba’zida darsni vaqtga taqsimlash muammosi tug’iladi, ba’zida esa o’quvchilarning xulqi meni qiynab qo’yadi. Ayniqsa, keyingi muammo hozirgi kunda hamma o’qituvchini qiynab qo’ymoqda deb aytsam, adashmagan bo’laman. Aynan bugungi kunga kelib, o’qituvchi dars o’tish davomida o’quvchilarning yomon xulqidan “bezib” qolmoqda. Avvallari bunday muammo yo’q edi.

Английский

Qo’shiqchilar farzandlarimizga o’rnak bo’la olishadimi?

Kunlardan birida dars o’tish uchun bir sinfga kirdim va hali tanaffus bo’lganligi sababli o’quvchilarning o’zaro suhbatiga beixtiyor quloq tutdim. O’quvchilar kecha televizorda nima tomosha qilishgani haqida suhbatlashishardi. Ayrim darslarda o’quvchilarimning qaysidir qo’shiqchining qo’shig’i, klipi haqida gapirib qolganlarini ham eshitib qolaman.

Английский

Shahrimizni sharmanda qilayotgan yer osti yo'li

 Mazkur yo’l osti yo’li bundan bir necha yil avval qurilgan edi. Uni qurishdan maqsad bozorga kelgan va undan qaytayotgan odamlarga yengillik yaratish edi. Bugun shu joyga borib hayron bo’ldim. Ahir bu yo’l osti yo’li ba’zi bir “befarosatlar” tufayli ayanchli ahvolga kelib qolgan.

Английский

Aydarko’l (Haydarko’l) haqida biz bilmagan 6 ma'lumot (Fransiyalik sayoh so’zlaridan)

Shu yilning yoz faslida Aydarko’l ko’lida bo’lib qaytgan fransiyalik sayyoh qiz bilan suhbatlashayotganimda, u ko’l haqida ayrim ma’lumotlarni aytib meni hayratda qoldirdi. Rosti, ahvolimdan o’zim biroz uyaldim. Sababi o’zim shu ko’l yonida yashab, hali bu joy haqida buncha ko’p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lmaganman.

Английский