ota-ona

O'glim bergan tarbiya - "Bismillah" deyish

Ota -ona bo'lganimizdan so'ng farzandimizga o'zimizning yaxshi tarafimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Uning tarbiyasi haqida qayg'urib o'zimizning yomon illatlarimizni yashiramiz va yaxshi odatlarimizni unga o'rnak qilib ko'rsatamiz. Men ham shunday otalardan biriman. 5 yoshli farzandimning tarbiyasiga qo'limdan kelgancha ta'sir ko'rsatishga harakat qilamn. Kunlarning birida o'g'limga "ovqat yeyishdan avval Bismillah degin" deb tushuntirdim. Shu kundan boshlab o'g'lim taom yeyishdan avval "Bismillah" deb qo'yadigan bo'ldi.