Men haqimda qisqacha

Primary tabs

Men Sadikov Nasim Xusanboyevich. 1982 yil 13 iyun kuni Jizzax shahrida tavallud topdim.

1989-1997 yillar Jizzax shahridagi H. Olimjon nomli 21-o'rta ta'lim maktabida tahsil oldim.

1997-1999 yillar Jizzax viloyati Xalq ta'limi boshqarmasiga qarashli Umid IDUMI da tahsil oldim

2001 – 2005 yillar Jizzax Davlat Pedagogika Institutining xorijiy tillar fakulteti ingliz tili bo’limida tahsil oldim.

2005 – 2007 yillarda Jizzax shahri "Umid" IDUMIda Informatika va Ingliz tilio’qituvchisi bo’lib ishladim.

2011 – 2012 yillarda Jizzax shahar JDPI qoshidagi 2-son Akademik litseyda o’qituvchibo’lib ishladim.

2012 – hozirgi kunda "Umid" IDUMIda Ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqdaman

2011 – 2014 yillarda bir nechta xorij davlatlarida malaka oshirib qaytdim

Davlat mukofotlari – yo’q.

Erishgan yutuqlari:

  • Hindiston davlati tomonidan ITEC dasturi bo'yicha 2013-yilda mazkur davlatda malaka oshirib qaytdim.
  • Uzinfocom tomonidan tashkil etilgan "Eng yaxshi milliy vebsayt" tanlovi III o'rin
  • "Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2016” ko‘rik-tanlovining "Eng yaxshi o'qituvchi veb sayti" nominatsiyasida I o'rin
  • Davlat Test Markazi tomonidan "Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo'yicha test sinovidan o'tganlik haqida ma'lumotnoma" B2 darajasi.
  • AQSH hukumati tomonidan tashkil etilgan SUSI dasturining grant sohibi bo'ldim va mazkur davlatda 2019-yilda malaka oshirib qaytdim.
  • Tojikiston davlatining Dushanbe shahrida "Factcheckin" seminari qatnashchisi. 2019-yil.

Partiyaviyligi – yo’q

Kasbiy mahorat/malaka

  • Britaniya kengashi – «Sinf xona uchun texnologiya» onlayn kursi. 2012 yil Mart – Aprel.
  • Britaniya kengashi – «Shaxsiy kompyuterni ishlatish bo’yicha trenerlik loyihasi sertifikati». Toshkent shahri 2012 yil Fevral oyi.
  • Ingliz tili o’qituvchilari assotsiyatsiyasi (UzTEA)ning xalqaro konferensiyalarida bir necha bor qatnashchi 2012 – 2014
  • Oregon Universiteti, AQSH. AQSHning Toshkentdagi Elchixonasi. «O’qituvchilarning malakasini internet orqali rivojlantirish» onlayn kursi. 2013 yil Yanvar – Mart
  • NIMSME, Hindiston. Ingliz tilida muloqot va turizm va iltifot boshqaruvi kursi. Malaka oshirish. 2013 yil Avgust – Oktabr.
  • A. Avloniy nomidagi XTXQTMOMI. O’qituvchilarga trenerlik kursi. 2013 Aprel – May.
  • SUSI dasturi AQSh davlat ta'lim bo'limi. 2019 Iyun - Iyul.

Yaratgan va ishlayotgan loyihalarim:

  • Facebook ijtimoiy tarmog'ida Jizzax viloyati ahli uchun Jizzaxliklar hamjamiyati/Djizak community guruhi yaratuvchisi va administratori.
  • Facebook ijtimoiy tarmog'ida o'qituvchilar, o'quvchilar va ota - onalar uchun www.sadikov.uz guruhi administratori.
  • www.sadikov.uz o'qituvchilar, o'quvchilar va ota - onalar uchun veb sayti administratori.
  • Telegram ijtimoiy tarmog'ida @sadikov_uz telegram kanali asoschisi va administratori.
  • www.ojizzax.uz veb portali administratori.

Chop etilgan maqolalar:

  • "Jizzax ovozi" gazetasida "Farzandlarimizga kitob o'qishni o'rgataylik" maqolasi
  • "Yangi avlod" oynomasida "Olti jumla sehri" maqolasi
  • "Yangi avlod" oynomasida "So'z yodlash qiyin emas" maqolasi
  • "Yangi avlod" oynomasida "Big va large"
  • "Молодёжь и общество навстречу к друг другу." Конрад Аденауэр "Yoshlar va ta'lim"
  • "Ma'rifat" gazetasida "Yaponiyada bolalar tarbiyasi va ranglar siri".
  • Ma'rifat gazetasida "AQSH ta'limi haqida fikrlarim"
  • Ma'rifat gazetasida "11-sinf o'quvchilarining davomati haqida kim bosh qotiradi?"