Zominga davolanish uchun borayotganlarga maslahatlarim

Yaqin kunlarda:

Zominga borish haqida allaqachon sizga ma'lumot bergan edim (Zominga borayotganlar uchun 6 maslahat). Quyidagi maqolamda nafas olish yo'llari kasalliklari bilan kasallangan va davo topish maqsadida Zominga borishni niyat qilgan do'stlarimizga qo'limdan kelganicha maslahatlar berishga harakat qilaman. Kamina ham bir necha kun avval shu joyga borib 7 kun davomida o'z kasalligim bo'yicha davolanishga harakat qilib qaytdim. 7 kun davomida nimani o'rganib chiqgan bo'lsam va qanday fikrga ega bo'lgan bo'lsam, siz bilan bo'lishmoqchiman. Ahir siz ham o'sha yerga davolanishga borasizku :).

Sanatoriy tog'lariga borayotganlarning 70-80% o'zlariga bir necha kunga boshpana qidirishga harakat qilishadi. Eng yomoni, borayotganlarning ayrimlari, o'zlariga boshpana topmasdan avval kelishadi. Ayniqsa, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan kelganlar farzandlari bilan bir necha soatlar sarson bo'lib yurishadi. Ey do'stim, borishingizdan avval albatta qaysidir xonadon egasiga telefon qilib o'zingiz uchun boshpana topib oling. Ayniqsa oilangiz bilan borayotganingizda. Quyida sizlar uchun ayrim xonadon egalarining telefon raqamlarini keltirib o'taman.

Gavhar opa: 91 593 16 68

Gulnora opa: 94 345 15 84

Javlon: 99 558 97 81

Fotima opa: 91 207 38 00

Endi keling, sizning davolanishingiz haqida ayrim maslahatlarni keltirib o'tsam.Davolanish uchun sanatoriy atroflariga kelishning eng yaxshi vaqti bu yoz faslining barcha oylaridir.

Avvallari Zomin tog'lariga nafas yo'llari bo'yicha davolanishga kelganlar sanatoriyga borishardi va u yerda ambulator daftarcha ochirishardi. Asabbuzarliklar, ohiri yo'q navbatlar ko'pchilikni yodida bo'lsa kerak. Bu yildan boshlab, sanatoriy yonidagi ishchilar shaharchasida "Ambulator davolanuvchilar uchun davolash bo'limi" ochilgan bo'lib, mazkur joyda asab va nafas olish yo'llari va boshqa kasalliklarga davolanib ketishingiz mumkin. Mazkur binoga kirishingiz bilan sizga vrach qabuliga kirishingizni aytishadi va buning uchun 12000 so'm to'laysiz. Vrach qabulidan kerakli ko'rsatmalarni olib chiqganingizdan so'ng, sizni to'lov qilish uchun kassaga yuborishadi. Shuni bilingki, ambulatoriyadagi har bir joyga kirganingizda navbatga turishingizga to'g'ri keladi. Navbatni ko'pligidan jig'ibiyroningiz chiqib asab kasalligiga yo'liqishingiz hech gap emas. Bu holatda o'zingizni bosib olganingiz ma'qul. Ahir boshqa odamlar ham sizga o'xshab davo istab kelishgan. Katta - katta navbatlarda soatlar turishni istamasangiz ambulatoriyga erta tongda keling. Soat 5:00 da kelingda ishlayotgan xonalarda davolanishda o'ting yoki navbatda turish uchun raqam oling. Ishoning, soat 8:30 gacha barcha muojalalardan bemalol o'tib olasiz. 

Muojalalar ichida eng "opasniy" si bu Dzinda. Mazkur xona "jang maydoni" ga o'xshab ketadi. Bu yerdan h

Zomin ambulatoriyasi haqida (qachon ochilgan, sharoitlar, narxlar, kamchiliklar)

 

Izoh qoldiring