Yuraklarda yashaysiz, aziz yurtboshim! ochiq darsi uchun dars ishlanma

Главные вкладки

Barchamizga ma'lumki O'zbekistonning birinchi prezidenti I. A. Karimovning 1938- yilning 30-yanvar sanasida tavallud topganlar. Shu munosabat bilan o'rta ta'lim maktablarida marhum prezidentimiz xotirasiga bag'ishlab darslar bo'lib o'tadi. Quyida siz uchun shunday darslarning ishlanmalarini taqdim qilmoqchiman. Afsuski, mazkur ishlanmalarning mualliflarini aniqlay olmadim. Agar shu dars ishlanmalari sizga tegishli bo'lsa, iltimos mendan hafa bo'lmang. Men ularni faqat yaxshilik yo'lida boshqalarga taqdim qildim.

Shu o'rinda, marhum prezidentimizning hayotlari va faoliyatlari haqida qisqacha ma'lumot:

Yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov juda ham bag’rikeng, oqilu-dono, mehribon, vatanbar inson edi. Yurtboshimiz

1938-yil 30-yanvarSamarqand shahrida tug’ilib, 2016-yil 2-sentabr kuni Toshkent shahrida vafot

etdilar.  Respublikamizning birinchi prezidenti o’z unri davomida

juda ko’plab bunyodkorlikka yo’naltirilgan ishlar qildilar. Prezidentimiz butun umrini o’z xalqiga O’zbekistonimizni rivojlantirshga bag’ishladilar.25 yil ichida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirdilar.Agar tarixga nazar soladigan bo’lsak, Islom Abdug’aniyevich Karimov  O’zbekiston Qahramoni (1994).Ozbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qomondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari golibidirlar.

Ozbekiston mustaqilligi elon qilingunga qadar UzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yilda O’zbekiston Prezidenti etib saylandi va umrining ohirigacha shu lavozimda oqilona mehnat qildilar.

 Islom Karimov boshchiligida O’zbekiston o’zining Konstitutsiyasiga ega bo’ldi, BMTda tan olindi va iqtisodiyoti boshqaMDH davlatlariga nisbatan barqaror rivojlandi.