Ta'lim dolzarb savollarga javoblar

Главные вкладки

Maktab savollarga javoblar. Ta'lim, dolzarb savollarga javoblar. Xalq ta'limi tizimi bo'yicha eng dolzarb savol-javoblar. O'qituvchilarni qiynaydigan barcha savollarga javoblarni ko'rib chiqing.  

savolga javoblar

 

Direktor jamg`armasi mablag`lari qanday maqsadlarga yo`naltirilishi haqida ma’lumot bersangiz.

- Direktor jamg`armasi to`g`risidagi nizomga ko`ra, ustamalar umumta’lim muassasasi mehnatga haq to`lash fondining 15 foizidan ortiq bo`lmasligi kerak. Mablag`lar o`rnak ko`rsatgan o`qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash (bunday xodimlarning umumiy soni ko`pi bilan 50 foizni tashkil etishi lozim), bir martalik mukofotlar to`lash va favqulodda hollarda moddiy yordam ko`rsatishga yo`naltiriladi.

- Maxsus komissiya qaroriga ko`ra faoliyati yuqori baholangan xodimlarga necha foizgacha ustama belgilanadi?

- Ustama tayinlashda maxsus komissiya a’zolari xodimning ilg`or tajribasi, izlanuvchanligini e’tiborga olishadi. Barcha talablarga javob beradigan o`qituvchilarga 40 foizgacha ustama belgilanishi mumkin.Ya’ni, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar uchun 15 foiz, kasb mahorati va o`quv jarayoniga qo`shilgan aniq hissa, o`qitishning yuqori sifati va samaradorligi uchun 25 foizgacha miqdorida ustama beriladi.

- Tahririyatimizga bo`layotgan murojaatlarda o`rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar ham ustama haq olishi mumkinmi, degan savol ko`p takrorlanmoqda.

- Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlarining mehnatiga haq to`lash to`g`risidagi nizomning 9-bandiga ko`ra, umumta’lim muassasalarida dars berayotgan o`qituvchilar toifasi va ma’lumotidan qat’i nazar maxsus komissiya xulosasi asosida ustama olish huquqiga ega.

- Rahbar xodimlar, faoliyatini soatbay olib borayotgan o`qituvchilar va nafaqada bo`lsa-da, mehnatshartnomasiga asosan ishlayotganlarga ustama to`lanadimi?

- Rahbar xodimlar va faoliyatini soatbay olib borayotgan o`qituvchilarga ustama haq belgilash amaldagi qarorda ko`rsatilmagan. Ularga faqat oylik maosh to`lanadi, xolos. Ammo nafaqada bo`lsa-da, umumta’lim maktabi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan faoliyat yuritayotgan o`qituvchilar boshqa kasbdoshlari qatori ustama haq olish huquqiga ega.

 

7 способов внушать детям любовь к учебе

дети в школе

- Ayrim maktablarda mutaxassislar yetishmasligi sir emas.Biror fan bo`yicha darsni mutaxassis bo`lmagan kadrlar o`tsa, ularga ham ustama belgilash mumkinmi?

- Savolingiz o`rinli.Bunday vaziyatda malaka oshirish kursida qayta tayyorlovdan o`tilib, maxsus sertifikat olinishi kerak.Shunda u ham mutaxassis sifatida ustama haq olish huquqiga ega bo`ladi.

- Gohida o`quvchisi bilimlar bellashuvi yoki fan olimpiadasida yaxshi natijaga erishgan o`qituvchi ham bunday yutug`i yo`q hamkasbi bilan bir xil ustama haq oladi…

- Bizga ko`plab o`qituvchilar shunday savol bilan murojaat qilishgan. Muammoga javob topish maqsadida maxsus komissiya qarori solishtirib ko`rilganda birinchi o`qituvchining yuqori natijasi uchun 15 foiz, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlariga kamroq – 10 foiz ustama belgilangan bo`ladi. Ikkinchi o`qituvchiga esa, aksincha, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari yuqori baholangani uchun 15 foiz, kasbiy mahoratiga 10 foiz ustama ajratilgani oydinlashadi.

- Ayrim o`qituvchilar o`quv yili boshida 30 foiz ustama haq ola boshlaydi, ammo ikkinchi yarim yillikda 25 foizga tushib qoladi. Mana shu holatni izohlab bersangiz.

- Bu vaziyatda pedagogga o`tgan o`quv yilidagi yutuqlari uchun 30 foiz ustama belgilangan. Yangi o`quv yilida ko`rsatkichlari pasayib ketgani bois olti oydan keyin maxsus komissiya xulosasi asosida ustama haq 5 foizga kamaytirilgan bo`lishi mumkin.

- "Agar ustama haq belgilansa, sinf rahbarlik va daftarlarni tekshirganlik uchun to`lanadigan mablag`lar ham saqlanib qoladimi?” deya savol yo`llabdi o`qituvchilardan biri.

- Ustama haq belgilashda sinf rahbarligi uchun eng kam oylik ish haqiga nisbatan 100 foiz, daftarlarni tekshirgani uchun 50 foiz miqdorida oladigan qo`shimcha haqlari saqlab qolinadi.

-Maktabgachata’limmuassasalarixodimlarinihammoddiyrag`batlantirishtartibimavjudmi?

- Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qo`llab-quvvatlash va qo`shimcha rag`batlantirish maqsadida ham o`ziga xos mexanizm ishlab chiqilgan. Izlanuvchan, fidoyi tarbiyachilarning mehnatini munosib baholash maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalarida Xodimlarni moddiy rag`batlantirish jamg`armasi tashkil etilgan. Amaldagi tartibga ko`ra, hamkasblariga o`rnak bo`layotgan, tajribali tarbiyachilarga 15 foizgacha qo`shimcha haq belgilanadi.

- Mushtariylarimizni direktor jamg`armasi hisobidan to`lanadigan ustama haq va boshqa moddiy yordamlardan olinadigan daromadlarning soliqqa tortilish-tortilmaslik masalasi ham qiziqtirayapti.

-Ha, bunday daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

Xayrullo ABDURAHMONOV"Ma`rifat” gazetasi № 90 сон14.11.2012

Bezak ta`lim sifatini oshiri xizmat qilishi shart!

SAVOL: – Yangi o`quv yili oldidan har bir sinf rahbari va fan o`qituvchisi o`z fan xonasini

bezashi,

darslarga tayyorlanishda nimalarga e’tibor berishi zarur?

B.ISROILOVA

Samarqand viloyati

JAVOB: – Maktabni, sinf va fan kabinetlarini bezash Xalq ta’limi vazirligining tegishli

buyrug`iga muvofiq Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`limi tomonidan ko`rsatilgan tavsiyalar asosida

amalga oshirilishi zarur. Bunga ko`ra, fan kabinetlari predmet spesifikasidan kelib chiqib

jihozlanishi, fanga oid ko`rgazmali qurollar va plakatlar bilan bezatilgan bo`lishi kerak.

Maktabni, sinfni bezashdagi ko`rgazmali qurollar va plakatlar o`quvchilar bilim, ko`nikma va

malakalarini yuksaltirishga va bu bilan ta’lim sifatini oshirishga, dunyoqarashini kengaytirishiga

xizmat qilishi shart.

Ustama haqi belgilashda nimalarga e`tibor berish darkor?

SAVOL: – Meni yaqinda maktab direktorligiga tayinlashdi. Sentyabr oyidan boshlab Maktab

direktor jamg`armasidan beriladigan ustama haqni belgilashda nimalarga e’tibor berishim kerak?

S.XODJAEVA,

Toshkent shahridagi 46-maktab direktori

JAVOB: – Umumta’lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirishning

direktor jamg`armasi mablag`laridan foydalanish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to`lashning

takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida”gi 275-sonli qarorining 4-ilovasidagi

"Umumta’lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirishning direktor

jamg`armasi to`g`risidagi Nizom” bilan tartibga solingan.

Direktor jamg`armasi hisobidan o`rnak ko`rsatgan xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga oylik

ustama belgilash yo`li bilan moddiy rag`batlantirishni tashkil qilish tartibi O`zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005 yil 30

dekabrdagi 41-son, 5067-son va 84-01-1375-son qo`shma qarori bilan tasdiqlangan

"Umumta’lim muassasalari qoshidagi maxsus komissiyalar to`g`risidagi Nizom” bilan

belgilangan.

Yangi maktab qurildi: direktor zimmasidagi vazifalar

SAVOL: – Yangi maktabni qabul qilishda rahbar nimalarga e’tibor berishi kerak, agar qurilish

ishlari

kechikayotgan bo`lsa kim javobgar bo`ladi: qurilish tashkilotimi yoki maktab ma’muriyati?

A.JOVUNOV

Samarqand viloyati

JAVOB: – Yangidan qurilayotgan yoki kapital rekonstruksiya qilinayotgan maktablarda tuman

(shahar) hokimlari qarori bilan maktab rahbariyati, qishloq fuqarolar yig`ini raisi, mahalla faoli,

faxriy o`qituvchilardan iborat shaklda tuzilgan jamoatchilik komissiyalari pudratchi tomonidan

amalga oshirilayotgan qurilish ishlari sifatini nazorat qiladi, keltirilayotgan asosiy qurilish

materiallarining sertifikati mavjudligi, ularning sifati to`g`risida jurnalga qayd qilib boradi. Bino

qurilishi bitkazilgandan so`ng qabul jarayonida ishtirok etadi, agarda kamchiliklar mavjud

bo`lsa, unga dalolatnoma tuzib, hududiy ishchi komissiyaga taqdim etadi. Hududiy ishchi

komissiyasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha pudratchiga muddat beriladi,

barcha kamchiliklar bartaraf etilgandan so`ng, ishchi komissiyasi dalolatnomalari

rasmiylashtiriladi.

Ishchi komissiyasi tomonidan maktabni to`liq foydalanishga qabul qilish mumkinligi to`g`risida

Davlat qabul komissiyasiga ma’lumot kiritiladi. Agarda maktab qurilishida ishlarning borishi

belgilangan grafikdan ortda qolsa, u holda pudrat-tender tanlovlarida g`olib bo`lgan pudratchi

tashkilot hamda buyurtmachi vazifasini amalga oshirayotgan hududiy hokimlik qoshidagi

"Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbariyati javobgar hisoblanadi. Maktab

rahbari mazkur ob’ektning belgilangan muddatda ishga tushirilishi yuzasidan mahalliy va

hududiy hokimlikka tegishli xat bilan murojaat etishi lozim.

 

“Eng yaxshi o’qituvchi” ibratli hikoya

O`qituvchi yuritadigan hujjatlar

SAVOL: – Maktabda yangi ish boshlagan yosh o`qituvchi qanday hujjatlar bilan ishlaydi?

Hasan YALLAEV,

Qarshi shahri

JAVOB: – O`qituvchi tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi va ma’muriyat tomonidan nazorat

qilinadi:

  • yillik ish rejasi;
  • tarbiyaviy ishlar rejasi (sinf rahbari uchun);
  • taqvim-mavzu reja;
  • dars konspekti;
  • dars kuzatish daftari;
  • sinf jurnali.

Ustoz o`qituvchilarga biriktirilgan yosh shogirdlar ularning o`gitlariga suyanadi.

Dars tahlili – ta`lim sifati asosi

SAVOL: – Maktab direktori bir oyda necha soat dars kuzatishi kerak?

F.MAMADAMINOVA

Toshkent shahri

JAVOB: – Xalq ta’limi vazirligining 2010 yil 24 maydagi 122-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan

"Xalq ta’limi tizimida umumta’lim muassasalarida darslarni kuzatish va tahlil qilish bo`yicha

tartib”ga ko`ra, o`quv yili davomida har haftada o`qituvchilar tomonidan kamida 1 soat, maktab

direktori va uning o`rinbosarlari tomonidan kamida 4 soat dars tahlil qilinishi lozim.

Rahbar tanlovda ishtirok eta oladimi?

SAVOL: – Maktab direktori "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik-tanlovida qatnasha

oladimi?

G.OChILOVA

Paxtachi tumani

JAVOB: – "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi "ko`rik-tanlovini o`tkazish Nizomi”ga ko`ra,

maktab direktori fan o`qituvchisi sifatida ushbu ko`rik- tanlovda qatnashish huquqiga ega.

Direktorning darsi o`tilmasligi mumkinmi?

SAVOL:- Maktab direktori xizmat safariga ketganda uning darsi o`tilmasligi ham mumkinmi?

R.MIRZAEV

Kasbi tumani

JAVOB: – Maktab direktori xizmat safariga ketgan vaqtda uning darslari o`tilmasligi mumkin

emas.

Ishchi dars jadvaliga o`zgartirish kiritish orqali mazkur mashg`ulot boshqa darslarning o`rni

bilan

almashtirilishi yoki o`rindoshlik asosida o`tilishi zarur

Dars taqsimoti

unda kasb mahoratiga ahamiyat qaratiladi

SAVOL: – Maktab direktori yaqin qarindoshiga boshqa o`qituvchilarga nisbatan ko`proq dars

soatlari ajratishi mumkinmi? O`qituvchilarga dars taqsimlashda nimalarga e’tibor qaratiladi?

I.NURIDDINOV,

Yakkabog` tumanidagi 68-maktab o`qituvchisi

JAVOB: – Maktabda dars soatlari direktor tomonidan tasdiqlangan ishchi guruh tomonidan

taqsimlanadi va pedagogik Kengashda ochiq ovoz berish yo`li bilan muhokama qilinib

tasdiqlanadi.

O`qituvchilarga dars soatlarini taqsimlashda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2010 yil 27 maydagi "Umumiy o`rta

ta’lim maktablari o`qituvchilarining ish yuklamasini belgilash va taqsimlash to`g`risida”gi

125/125qb-sonli

qo`shma buyrug`i bilan tasdiqlangan Yo`riqnoma asosida o`qituvchining ish tajribasi va

salohiyatiga

e’tibor qaratiladi.

 

Dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qo'yilgan talablar

Malaka oshirish kursi necha soat?

SAVOL: – O`qituvchi qancha muddatda va qay tartibda (bir malaka oshirish kursi necha soatdan

iborat) malaka oshirishi kerak?

N.BEKPO`LATOVA

Toshkent viloyati.

JAVOB: – Xalq ta’limi vazirligining 2009 yil 22 dekabrdagi 354-sonli buyrug`i bilan

tasdiqlangan

"O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash

va malakasini oshirish institut(markaz)lari haqida Nizom”ga binoan xalq ta’limi tizimida faoliyat

yuritayotgan rahbar va pedagog kadrlar har 3-5 yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan

o`tishlari belgilab qo`yilgan.

Malaka oshirish kurslari jarayonida pedagoglar kamida 144 soat hajmidagi ta’lim dasturlarini

o`zlashtiradi va ularga o`rnatilgan tartibda malaka oshirganligi haqida sertifikat va reyting

daftarchasi beriladi.

Tartibbuzar o`quvchi bilan qanday ishlanadi?

SAVOL: – O`quvchini tartibbuzarligi uchun jazolash qanday tartibga solinadi?

F.AKBAROVA,

Parkent tumanidagi

29-maktab o`qituvchisi

JAVOB: – Bolada yetakchi faoliyat turi o`yin hisoblanib, ushbu jarayonni amalga oshirishda turli

xil

tartibbuzarlik holatlari ham sodir etilishi mumkin, masalan, dars vaqtida gaplashib o`tirish,

tanaffusda shovqin ko`tarish. Lekin, ongli ravishda sodir etilgan tartibbuzarliklarning sababi

nimada? Albatta, shaxsning negativ xulq-atvorida. Ushbu xulq-atvor yuzaga kelishi sabablaridan

biri bolaning ijtimoiylashuv jarayonida tengdoshlari va kattalar tomonidan o`tkaziladigan

tazyiqlar bolaning ong osti sohasida muhrlanib boraveradi. Bunda g`azab-nafrat hissi kuchayadi

va nevrozga aylanadi. Bunday hollarda bola o`z xatti-harakatlarini boshqara olmasligi sababli,

tartibbuzarlik holatlarini sodir etadi. Tartibbuzar o`quvchini jazolashdan oldin uni keltirib

chiqaruvchi sabablarni o`rganish lozim. Chunki, o`quvchi hech qachon o`z-o`zidan tartibbuzarga

aylanmaydi, ma’lum bir sabablarga ko`ra, o`qituvchi tomonidan sinf jamoasi oldida kamsitilsa,

dars jarayonida faqat ayrim o`quvchilarga e’tibor qaratilsa, o`quvchining qiziqish, qobiliyat,

individual xususiyatlari e’tiborga olinmasa, sinf va jamoat ishlariga jalb qilinmasa, tartibbuzarga

aylanadi.

Tarbiyasi og`ir bolalar bilan olib boriladigan ishlarni avvalambor ana shu tartibbuzarlikning

sabablarini o`rganishdan boshlash kerak, bunda sinf rahbarlari, ota-onalar bilan hamkorlik qilish

va birgalikda bu muammoning yechimini topish lozim. Bundan tashqari: "O`quvchining

tartibbuzar bo`lishiga kimni aybdor deb o`ylaysiz?”, "Tartibbuzar o`quvchiga nisbatan qanday

jazo qo`llagan bo`lardingiz”, "Tartibbuzarlikning oldini olaylik!” va shu kabi boshqa mavzularda

o`qituvchilar va ota-onalar uchun davra suhbatlari, bahs-munozaralar tashkil etilishi, shuningdek,

maktab amaliyotchi-psixologlari o`quvchilar uchun psixologik treninglar, so`rovnoma, davra

suhbatlari, bahs- munozaralar, mahalla faollari, IIB xodimlari bilan hamkorlikda uchrashuvlar

tashkil etishi lozim.

Xulosa o`rnida, o`quvchini tartibbuzarligi uchun jazolashdan oldin, avvalo, uning xarakteri,

individual psixologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyatlarini o`rgangan holda, dars va darsdan

tashqari faoliyatlarda individual shug`ullanish, qo`shimcha topshiriqlar berish, rag`batlantirish

hamda maktab va sinf jamoa ishlariga jalb qilish lozim.

8 mart rasmlar

Qayta tayyorlov diplomi oliy ma`lumot maqomiga egami?

SAVOL: – Qayta tayyorlash jarayoni qanday kechadi, barcha fan yo`nalishlari bo`yicha qayta

tayyorlov kurslari bormi, o`qish mavsumi, muddati va to`lovi haqida ma’lumot bering.

Nuriddin NIYOZOV tumanidagi 15-maktab o`qituvchi

JAVOB: – Qayta tayyorlash kurslari Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 3 apreldagi 90-sonli

buyrug`i bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan nomutaxassis

kadrlarni tegishli pedagogik mutaxassislikka qayta tayyorlash haqida Nizom”ga binoan tashkil

etiladi.

Qayta tayyorlash kurslari umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quv rejasidagi barcha fanlar bo`yicha,

shuningdek, maktabgacha va maxsus ta’lim yo`nalishlarida ham tashkil etiladi. Qayta tayyorlash

kurslari kamida 576 soat hajmdagi ta’lim dasturlarini o`zlashtirishga mo`ljallangan bo`lib, uni

muvaffaqiyatli tugatganlarga o`rnatilgan tartibda qayta tayyorlash haqidagi diplom va reyting

daftarchasi beriladi.

Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash natijasida olingan diplom ikkinchi oliy ma’lumot haqidagi

hujjat maqomiga ega emas, u faqat muayyan fanlar va kurslar bo`yicha o`quv mashg`ulotlari olib

borish huquqini beradi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash asosiy ishidan ajralgan va ajralmagan hollarda amalga

oshirilishi mumkin.

Kasb-hunarga yo`naltiruvchi mutaxassis

SAVOL: Maktabda o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishga kim mas’ul? U bu borada yil

davomida amalga oshiradigan ishlar bo`yicha qanday reja tuzadi va amalga oshiradi?

Ziyodulla AZIMOV,

Yakkabog` tumanidagi

42-maktab o`qituvchisi

JAVOB: – Umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish ishlarini

olib borishda kasb-hunarga yo`naltiruvchi mutaxassis, amaliyotchi-psixolog va butun maktab

jamoasi mas’uldir.

Umumiy o`rta ta’lim maktablarida kasb-hunarga yo`naltiruvchi mutaxassis shtat birligi

ajratilmagan bo`lib, mazkur vazifa oliy ma’lumotli mehnat ta’limi o`qituvchisi yoki oliy

ma’lumotli, tajribali pedagogga maktab buyrug`i bilan yuklatiladi hamda unga o`rnatilgan

tartibda ustama haqi to`lanadi (Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 fevraldagi 49-sonli

buyrug`i).Kasb-hunarga yo`naltiruvchi mutaxassisning alohida ish rejasi tuziladi va tuman,

shahar O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi bilan

kelishiladi va maktab direktori tasdiqlaydi.

- Kasb-hunarga yo`naltiruvchi mutaxassisning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish bo`yicha tashkiliy va metodik ishlarni amalga oshiradi;

- o`quvchilarga kasbiy axborotlar beradi, ularning turli xil kasb-hunarga oid tadbirlarda ishtirok

etishini ta’minlaydi;

- o`quvchilarning qiziqishi, moyilligi va layoqatlarini hisobga olgan holda ularni mustaqil va

ongli kasb tanlashga yo`naltiradi;

- respublika, viloyat, tuman, shaharlardagi kasb-hunar ta’limi muassasalari to`g`risidagi

ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

- kasbga qo`yiladigan talablar to`Qrisida o`quvchilar, o`qituvchilar, ota-onalarga maslahatlar

beradi;

- sinf rahbarlari bilan birga mahalla, hududiy akademik lisey va kasb-hunar kollejlari, ota-

onalar bilan hamkorlikda o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishga doir tadbirlar

o`tkazadi(ekskursiya, seminar, uchrashuv, davra suhbati va h.k.);

- amaliyotchi-psixolog bilan birgalikda o`quvchilarni psixologik-pedagogik hamda kasbiy

tashxis metodikalarining maqsadi, mazmun-mohiyati va natijasi bilan tanishtirib boradi;

- ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari bilan birgalikda

"Uzluksiz kasb-hunarga yo`naltirish Dasturi” bo`yicha 1-9-sinflarda sinf rahbarlari tomonidan

olib borilayotgan ishlarni nazorat qiladi, tahlil etadi va tavsiyalar beradi.

Direktor ham dars o`tadi

SAVOL: – Maktab direktori (ma’muriyati)ga mutaxassisligi bo`yicha ko`pi bilan necha soat dars

ajratiladi va ish haqi qanday to`lanadi?

Nasiba ShOHOBIDDINOVA,

Qibray tumanidagi 46-maktab o`qituvchisi,

JAVOB: – Maktab direktori (ma’muriyati)ga mutaxassisligi bo`yicha ko`pi bilan 10 soat (o`quv

yuklama) bevosita dars o`tish uchun ruxsat etiladi. Bunda uning pedagogik yuklamasi 5 soatni

tashkil etadi.

Maktab direktori (ma’muriyati)ga mutaxassisligi bo`yicha o`tgan darslari uchun soatbay ish haqi

to`lanadi.

Soatbay ishlovchi o`qituvchilarning ish haqini to`lash O`zbekiston Respublikasi Adliya

vazirligida 2010 yil 17 mayda 2103-son bilan ro`yxatdan o`tgan O`zbekiston Respublikasi Oliy

va o`rta maxsus

ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish

vazirliklarining "O`quv mashg`ulotlarini o`tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to`lash

miqdorlarini tasdiqlash to`g`risida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Rozilik olingandan so`ng

SAVOL: – Maktab hududida qo`shimcha binoning qurilishi joyida agarda ko`p yillik daraxt va

ko`chatlar bo`lsa, ularni ro`yxatdan chiqarish uchun qanday hujjatlar zarur bo`ladi?

JAVOB: – Tuman (shahar) hokimining qarori bilan maktab hududida qo`shimcha binolar

qurilishidan avval Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasining joylardagi bo`linmalariga

tuman(shahar) xalq ta’limi bo`limi va maktab ma’muriyati tomonidan murojaat etiladi, ularning

roziligi olingandan

so`ng, qurilish ishlarini boshlab yuborish tavsiya etiladi.

Qo`shimcha binolar qurish mumkin

SAVOL: – Maktab hududida homiylik asosida ichki tashabbus bilan biror maishiy yoki

qo`shimcha o`quv binosi qurish uchun kimga murojaat qilinadi va rasmiylashtirish jarayoni

qanday tartibda amalga oshirilishi zarur?

A.ISLOMOV.

Toshkent shahri

JAVOB: – Agar maktabning navbatlilik koeffisienti 1,5 – 1,8 ni tashkil etib, qo`shimcha o`quv

binolari, shuningdek, yordamchi binolar qurilishi zarur bo`lsa, birinchi navbatda maktab rahbari

tuman (shahar) xalq ta’limi bo`limi mudiri bilan birgalikda yozma ravishda tuman (shahar)

hokimiga

murojaat etadi. Tuman (shahar) arxitektori, suvoqava korxonasi, gazlashtirish korxonasi, elektr

tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan holda tuman hokimining ushbu maktab uchun qo`shimcha

binolar qurilishi to`g`risida tegishli qarori qabul qilinadi. Undan so`ng namunaviy loyihalarga

asoslangan holda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, byudjetdan tashqari yoki homiylar

mablag`larini jalb etgan holda qurilish ishlarini amalga oshirish mumkin.

Har uch yilda – joriy ta`mir

SAVOL: – Maktab binolarini har yili joriy ta’mirlab turish uchun davlat tomonidan mablag`

ajratiladimi, ajratilsa, kim tomonidan, qaysi mezonlar asosida taqsimlanadi yoki joriy ta’mirlash

maktab ma’muriyatining to`liq zimmasiga yuklatilganmi?

Dildora XODJAEVA,

Mirzo Ulug`bek tumanidagi 99-maktab o`qituvchisi

JAVOB: – Umumta’lim maktablari va maktab-internatlari uchun ishlab chiqilgan "qurilish

me’yorlari

va qoidalari”ga ko`ra, joriy ta’mirlash ishlari har 3 yilda amalga oshirilishi belgilangan. Bunda

asosan, binodagi konstruktiv elementlar va muhandislik kommunikasiyalarining 5-10 foizi

almashtirilishi ko`zda tutilgan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun mahalliy hokimlik va

tuman(shahar) xalq ta’limi bo`limlari tomonidan yaroqsizlik dalolatnomalari (defektniy akt)

tuzilib, uning asosida smeta hujjatlari tayyorlanib, mahalliy byudjet hisobidan ta’mirlash

ishlariga mablag` ajratilib, amalga oshiriladi.

Biroq, shu bilan bir qatorda ta’kidlash lozimki, har yili maktab ma’muriyati vazirlik tomonidan

tegishli vazirlik va idoralar (Moliya, Iqtisodiyot, Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o`rta maxsus

ta’lim vazirliklari, "Davarxitektqurilish” qo`mitasi) bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan

barcha ta’lim tizimidagi muassasalarning bino va inshootlari saqlanishi va ularga texnik xizmat

ko`rsatish bo`yicha yo`riqnoma (qo`llanma) asosida maktab bino va inshootlarini bahorgi va

kuzgi ko`rikdan o`tkazib, unda aniqlangan ayrim nuqsonlar maktab ma’muriyati tomonidan ichki

imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, bartaraf etib boriladi.

Qo`shimcha binolar qurish mumkin

SAVOL: – Maktab hududida homiylik asosida ichki tashabbus bilan biror maishiy yoki

qo`shimcha o`quv binosi qurish uchun kimga murojaat qilinadi va rasmiylashtirish jarayoni

qanday tartibda amalga oshirilishi zarur?

A.ISLOMOV.

Toshkent shahri

JAVOB: – Agar maktabning navbatlilik koeffisienti 1,5 – 1,8 ni tashkil etib, qo`shimcha o`quv

binolari, shuningdek, yordamchi binolar qurilishi zarur bo`lsa, birinchi navbatda maktab rahbari

tuman (shahar) xalq ta’limi bo`limi mudiri bilan birgalikda yozma ravishda tuman (shahar)

hokimiga

murojaat etadi. Tuman (shahar) arxitektori, suvoqava korxonasi, gazlashtirish korxonasi, elektr

tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan holda tuman hokimining ushbu maktab uchun qo`shimcha

binolar qurilishi to`g`risida tegishli qarori qabul qilinadi. Undan so`ng namunaviy loyihalarga

asoslangan holda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, byudjetdan tashqari yoki homiylar

mablag`larini jalb etgan holda qurilish ishlarini amalga oshirish mumkin.

Ijaradan qo`shimcha mablag`

SAVOL: – Bolalar sporti majmualari va maktab sport zallari imkoniyatidan kelib chiqib

muassasada

byudjetdan tashqari mablag` topish mumkinmi va u qanday amalga oshiriladi?

JAVOB: – Bolalar sporti majmualari va maktab sport zallari imkoniyatidan kelib chiqib ushbu

muassasalarda tashkil etilmagan sport turlari bo`yicha to`garaklar tashkil etish uchun majmualar

va maktab sport zallarini ijaraga berish orqali byudjetdan tashqari mablag` topish mumkin.

Muassasada byudjetdan tashqari mablag` topish ishlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qarori, Xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 2

martdagi 50-sonli buyrug`i hamda mahalliy hokimliklarning tegishli qarorlari asosida o`rnatilgan

tartibda tashkil etiladi.