"Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan bayram tadbir ssenariysi

 

1 oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlangan bayram tadbirining ssenariysi.

 

Zal bayromona tarzda bezatilgan. Musiqa sadolari yangrab turibdi. Dastur boshlanishi e’lon qilindi. O`quvchi qizlarning raqsi asosida bayram dasturi ochib berildi. Sahnaga qator o`quvchilar chiqib keladilar.

 

(Boshlovchilar musiqa ostida sahnaga kirib keladilar)

 

 

 

Yigit:

 

Qalbimda ehtirom, bitayin daston,

 

Aziz ustoz sizsiz mehribon

 

Hayotim kitobin yoritib turar

 

So`zingiz shiordir bizga har qachon.

 

Qiz:

 

Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz

 

Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz

 

Jamiyatda munosib o`rin olgaydir

 

Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz

 

Yigit:

 

Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri ummon, shirin so`zlim sharafli, lekin mashaqqatli kasb egalari bo`lgan aziz ustozlar. Yuzu ko`zida yaxshilikning nurlari taralib turgan, ota-onamizdek qadrnon zotlar.

 

Qiz:

 

Assalomu alaykum ko`zlari mehrga, so`zlari bolga to`la, farzandlarining tashvishlarini unutibm bizlarning tavshishimizni qilgan, kelajagimizni o`ylagan fidoiy kasb egalari bo`lgan shirinso`z  ustozlar.

 

Yigit:

 

Bugun aynan sizga va siz uchun bayram dasturini tayyorladik. Siz biz uchun har lahzada kuyib-pishasiz. Shu boisdan ham bayram dasturimizni farzandlaringiz nomidan deb bilgaysiz.

 

Ustozning ko`nglini aylagan obod,

 

Bir kuni bo`lg`usi o`zi ham ustod

 

Qiz:

 

Haqiqatdan ham ustozlarni qancha madh etsak shuncha kamdir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bu sharafli kasb egalarining bayram kunlarini yurtimiz miqyosida tantanali qarshi olish odat tusiga aylandi. Shu boisdan ham biz bugungi bayram dasturimizni “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomladik.

 

Mehnating el ichra bo`ldi qadrdon,

 

Ey aziz ustozim bo`lgin sog`-omon

 

Faylni yuklab olish

 

Comments

Bayram ssenariysini to'liqroq bersalariz yaxshi bo'lardi

этот сценарий довольно хорош, мне понравилось.

Izoh qoldiring