Sog'lom muhit - sog'lom jamoa tadbirlar majmuasi (Innovatsiya)

Mamlakatimizda demokratik prinsiplar ustuvor bo‘lgan yangi jamiyat qurish, bozor  munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga ega davlat barpo etishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida xalk ta’limi tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ta’lim sifati va mazmunini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat.

Bu vazifa samarali amalga oshirilsa, mamlakatimizni modernizatsiya borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim hal qiluvchi kuch hisoblangan ma’naviy jihatdan barkamol, axloqan pok, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalanadi.

Albatta, bu bejiz emas. Chunki «o‘zbek modeli»ning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da, avvalo, inson manfaatlari ustuvorligi, uning zamon talablariga mos holda ortib boradigan ehtiyoj va qiziqishlari, imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish belgilab qo‘yilgan.

Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bir qator pedagogik innovatsiyalar (“Dars - muqaddas”, “O‘rgan-o‘rgat”, “Bilimlar bellashuvi”, “Murakkab fan – o‘rganaman” va boshq.) ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Mazkur innovatsiyalarning samara berishi hamda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga xizmat qilishi eng avvalo ularning mazmun-mohiyatini har bir pedagogik jamoalarda o‘rganishni va har bir o‘qituvchi, maktab rahbarlari tomonidan amaliyotga samarali joriy etilishini ta’minlashga, eng muhimi esa maktablarda sog‘lom muhitning yaratilganligiga bog‘liq.

Aytish mumkinki, bilimli va intellektual rivojlangan barkamol avlod sog‘lom muhit mavjud bo‘lgan sog‘lom jamoada tarbiyalanadi.

SHundan kelib chiqqan holda amaliyotga joriy etilayotgan innovatsiyalarning mantiqiy davomi sifatida ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan “SOG‘LOM MUHIT - SOG‘LOM JAMOA” deb nomlangan tadbirlar majmuasini amaliyotga tatbiq etishni tavsiya etamiz. 

Izoh qoldiring