Shahrimizni sharmanda qilayotgan yer osti yo'li

 Mazkur yo’l osti yo’li bundan bir necha yil avval qurilgan edi. Uni qurishdan maqsad bozorga kelgan va undan qaytayotgan odamlarga yengillik yaratish edi. Bugun shu joyga borib hayron bo’ldim. Ahir bu yo’l osti yo’li ba’zi bir “befarosatlar” tufayli ayanchli ahvolga kelib qolgan.

Shahrimizga boshqa viloyatlar yoki tumanlardan kelgan mehmonlar bu “diqqatga sazovor joyni” ko’rib jizzaxliklar haqida qanday fikrga boradilar ayting? Viloyatimizda endi endi rivojlanayotgan turizm sohasi uchun ham yaxshigina “minus” holat.

Mazkur yo’l olsti yo’lining bunday qarovsiz va rasvo holatga kelib qolganligida ayrim “befarosat” yoshlardan tashqari hokimiyat odamlarining ham ayblari bor deb o’ylayman. Sababi, undan odamlarning kam holatda foydalanganliklaridadir. Ya’ni, yer osti yo’li odamlar gavjum bo’lgan joy yaqinida qurilmasdan, ular uchun noqular joyda qurilganidir. Shu sababli ham u bunchalik abgor holatga kelgan. Eng achinarlisi esa uning qurilishida ishlatilgan davlatimizning million million pullaridir.

Umid qilamanki, mutasaddi tashkilotlar shahrimizdagi mazkur joyga e’tibor qaratib, uning bu abgor holatini yaxshilashga harakat qiladilar.

Quyida fotosuratlarni ko'rishingiz mumkin:

 

Blogger www.sadikov.uz

Izoh qoldiring

Image CAPTCHA