Germaniyaga oʻqishga borgan bir arab yigit hikoya qiladi
Опубликовано пт, 11/20/2020 - 21:05 пользователем Nasim SadikovOlmoniya sanoatlashgan, oʻta rivojlangan davlat. U yerda turli sohalarga oid mahsulotlarning saralari ishlab chiqariladi. Koʻpchilik, bu mamlakat aholisi nihoyatda toʻkin-sochin, oʻta dabdabada yashaydi, deb oʻylaydi. Safarimdan oldin men ham shu fikrda edim. Gamburg shahriga kelib tushganimda, u yerdagi tanishlarim bir restoranda ziyofat uyushtirdi. Restoranga bordik. Qarasak, restoranda odam kam, bir nechta yoshi ulugʻ ayollar bor, bir chetdagi stolda yosh er-xotin oʻtiribdi.